Innovatsion iqtisodiyot

Innovatsion iqtisodiyot — zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, raqamli transformatsiya, startap ekotizimi va ilmiy-amaliy tadqiqotlar yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy elektron jurnal hisoblanadi. Jurnal innovatsion menejment, raqamli iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologik rivojlanish, sanoat innovatsiyalari hamda iqtisodiy islohotlar samaradorligini o‘rganishga qaratilgan ilmiy maqolalarni qamrab oladi.

Nashr Global Science Hub platformasida OJS tizimi asosida faoliyat yuritadi, double-blind peer review tizimi asosida ekspertiza jarayonlarini amalga oshiradi, maqolalarga Crossref orqali DOI identifikatorlarini biriktiradi hamda Open Access siyosatini qo‘llaydi.

Jurnal doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va innovatsion loyihalar natijalari asosida maxsus sonlar chop etilishi rejalashtirilgan.

ISSN: 3030-315X