Global Science Hub

Global Science Hub — Open Journal Systems (OJS) platformasi asosida faoliyat yurituvchi xalqaro ilmiy-akademik jurnallar tizimidir. Platforma ilmiy maqolalarni xalqaro nashriyot standartlariga muvofiq qabul qilish, ekspertiza (double-blind peer review) jarayonidan o‘tkazish hamda nashr etishni ta’minlaydi.


Global Science Hub har bir maqolaga Crossref orqali DOI biriktiradi, nashr etikasi va akademik halollik tamoyillariga qat’iy amal qiladi, ochiq kirish (Open Access) siyosatini qo‘llaydi hamda ORCID integratsiyasi va xalqaro indeksatsiya talablari asosida faoliyat olib boradi.


Platforma turli fan va texnika yo‘nalishlaridagi ixtisoslashgan jurnallarni birlashtirgan holda Markaziy Osiyo ilmiy salohiyatini global akademik hamjamiyatga integratsiya qilishni maqsad qiladi.

journal.journals69d106a8bba20

Innovatsion texnologiyalar

“Innovatsion texnologiyalar” jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qarori bilan quyidagi fanlar bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan:


04.00.00 - GEOLOGIYA-MINERALOGIYA FANLARI
05.00.00 - TEXNIKA FANLARI
06.00.00 - QIShLOQ XO‘JALIGI FANLARI
08.00.00 - IQTISODIYOT FANLARI


“Innovatsion texnologiyalar” jurnali 2023-yilda eLIBRARY.RU
integrallashgan ilmiy axborot portali tarkibidagi РИНЦ xalqaro
ma’lumotlar bazasiga kiritilgan.


ISSN: 2181-4732

Muqobil energetika

Muqobil energetika — qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar va tahliliy maqolalarni yoritishga ixtisoslashgan ilmiy jurnal. Jurnal quyosh, shamol, bioenergetika, vodorod texnologiyalari, energiya samaradorligi va yashil texnologiyalar yo‘nalishlarini qamrab oladi.


Nashr Global Science Hub platformasida OJS asosida faoliyat yuritadi, double-blind peer review tizimi asosida ekspertiza qiladi, maqolalarga Crossref orqali DOI biriktiradi hamda Open Access siyosatini qo‘llaydi.


Jurnal doirasida xalqaro konferensiya va simpozium materiallari asosida maxsus sonlar chop etilishi rejalashtirilgan.


ISSN: 2181-2284

Innovatsion iqtisodiyot

Innovatsion iqtisodiyot — zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, raqamli transformatsiya, startap ekotizimi va ilmiy-amaliy tadqiqotlar yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy elektron jurnal hisoblanadi. Jurnal innovatsion menejment, raqamli iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologik rivojlanish, sanoat innovatsiyalari hamda iqtisodiy islohotlar samaradorligini o‘rganishga qaratilgan ilmiy maqolalarni qamrab oladi.


Nashr Global Science Hub platformasida OJS tizimi asosida faoliyat yuritadi, double-blind peer review tizimi asosida ekspertiza jarayonlarini amalga oshiradi, maqolalarga Crossref orqali DOI identifikatorlarini biriktiradi hamda Open Access siyosatini qo‘llaydi.


Jurnal doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar, forumlar va innovatsion loyihalar natijalari asosida maxsus sonlar chop etilishi rejalashtirilgan.


ISSN: 3030-315X

Irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Irrigatsiya va agrotexnologiyalar — sug‘orish tizimlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, agrotexnologiyalar va ularning zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy elektron jurnal hisoblanadi. Jurnal irrigatsiya tizimlarini takomillashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish, innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlik hamda qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llash sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar, amaliy ishlanmalar va tahliliy maqolalarni yoritadi.


Mazkur jurnal Qarshi davlat texnika universiteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, Global Science Hub platformasida OJS tizimi asosida faoliyat yuritadi. Jurnal double-blind peer review (ikki tomonlama anonim ekspertiza) tizimi asosida maqolalarni ko‘rib chiqadi, maqolalarga Crossref orqali DOI identifikatori biriktiradi hamda Open Access siyosatini qo‘llaydi.


Jurnal quyidagi ilmiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: texnika fanlari (05.00.00), qishloq xo‘jaligi fanlari (06.00.00), iqtisodiyot fanlari (08.00.00), pedagogika fanlari (13.00.00), biologiya fanlari (03.00.00) va geografiya fanlari (11.00.00).


Jurnal doirasida xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari asosida maxsus sonlar chop etilishi rejalashtirilgan.