Jurnal haqida

Jurnal haqida

“Innovatsion iqtisodiyot” — iqtisodiyot sohasidagi zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, nazariy yondashuvlar va amaliy ishlanmalar natijalarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy elektron jurnal.

Jurnal iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, raqamli transformatsiya, hududlar va tarmoqlar iqtisodiyoti, tadbirkorlik, inson kapitali, boshqaruv, moliya hamda xizmatlar sohasi bo‘yicha ilmiy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Unda olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va amaliyotchi mutaxassislarning ilmiy maqolalari e’lon qilinadi.

Asosiy ma’lumotlar

  • Jurnal nomi: “Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy-amaliy elektron jurnali
  • ISSN: 3030-315X
  • Muassis: Qarshi davlat texnika universiteti
  • Nashr shakli: elektron
  • Nashr davriyligi: oyda bir marta
  • Rasmiy sayt: globalsciencehub.uz/index.php/IE

Jurnalning maqsadi

Jurnalning asosiy maqsadi iqtisodiyot sohasidagi dolzarb ilmiy muammolar bo‘yicha yuqori saviyadagi tadqiqot natijalarini ommalashtirish, innovatsion g‘oyalar va ilg‘or tajribalarni ilmiy muomalaga kiritish, shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ilmiy yo‘nalishlar

Jurnalda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar nashr etiladi:

  1. Nazariya va metodologiya
  2. Raqamli iqtisodiyot
  3. Mintaqa va tarmoqlar iqtisodiyoti
  4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
  5. Inson kapitali iqtisodiyoti
  6. Menejment va marketing
  7. Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit
  8. Moliya, kredit va investitsiya
  9. Ekonometrika va statistika
  10. Xizmat ko‘rsatish va turizm sohasi

Ilmiy maqomi

“Innovatsion iqtisodiyot” ilmiy-amaliy elektron jurnali O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2025-yil 5-apreldagi 369-son qarori bilan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ilmiy bazalar va qidiruv tizimlari

Tahririyat bilan aloqa

180100, Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi, 225-uy.
Telefon: +998 (75) 221-09-23+998 (93) 902-72-63
Faks: +998 (75) 221-13-95
Elektron pochta: innoeconomic@kstu.uz