Global Science Hub — Open Journal Systems (OJS) platformasi asosida faoliyat yurituvchi xalqaro ilmiy-akademik jurnallar tizimidir. Platforma ilmiy maqolalarni xalqaro nashriyot standartlariga muvofiq qabul qilish, ekspertiza (double-blind peer review) jarayonidan o‘tkazish hamda nashr etishni ta’minlaydi.
Global Science Hub har bir maqolaga Crossref orqali DOI biriktiradi, nashr etikasi va akademik halollik tamoyillariga qat’iy amal qiladi, ochiq kirish (Open Access) siyosatini qo‘llaydi hamda ORCID integratsiyasi va xalqaro indeksatsiya talablari asosida faoliyat olib boradi.
Platforma turli fan va texnika yo‘nalishlaridagi ixtisoslashgan jurnallarni birlashtirgan holda Markaziy Osiyo ilmiy salohiyatini global akademik hamjamiyatga integratsiya qilishni maqsad qiladi.