“Sohibqiron yulduzi” — 2010-yildan buyon nashr etib kelinayotgan ijtimoiy-tarixiy, tarixiy va ilmiy-ommabop jurnal. Jurnalda O‘zbekiston tarixi, Amir Temur va Temuriylar davri, davlatchilik tarixi, tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, etnologiya, madaniy meros hamda milliy va jahon tarixining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar chop etiladi. “Sohibqiron yulduzi” jurnali yosh olimlar, tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar, professor-o‘qituvchilar va tarix sohasi mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.
ISSN: 2181-0281