Annotatsiya
Kirish. Jahonda tabiiy konveksiyali quyosh quritish qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatli quritishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar jadal rivojlanmoqda.
Usul va materiallar. Ushbu maqolada issiqlik akkumulyatorli quyosh havo qizdirish tizimi bilan integratsiyalashgan tabiiy konveksiyali quyosh quritish qurilmasining energetik, eksergetik, iqtisodiy va ekologik (4E) samaradorligi termodinamik hisoblash usuli asosida tadqiq qilingan. Qurilmaning konstruktiv va issiqlik-texnik parametrlari nazariy va eksperimental usullar yordamida o‘rganildi.
Natijalar. Tajribaviy tadqiqotlar 2026-yil aprel oyida o‘rik mahsulotini quritish jarayonida amalga oshirildi. Tajribaviy tadqiqot natijalarga ko‘ra, mahsulot massasi 68,5 kg dan 38 kg gacha kamayib, namlikning chiqarilishi 30,5 kg ni tashkil etdi. Quritish kamerasidagi maksimal harorat 64 °C ga yetdi, issiqlik akkumulyatori hisobiga kechki vaqtlarda ham haroratning barqarorligi ta’minlandi. Qurilmaning energetik samaradorligi 31,8 %, eksergetik samaradorligi 18,7 % ni tashkil etdi. Qurilmaning qoplash muddati 2,98 yil bo‘lib, yillik iqtisodiy samara 4,2 mln so‘mga teng ekanligi aniqlandi. Shuningdek, yiliga 2150 kWh energiya tejalishi va 877 kg CO₂ emissiyasining kamayishi qayd etildi.
Xulosa. Olingan natijalar issiqlik akkumulyatorli quyosh quritish qurilmalarining energiya samaradorligini oshirish va amaliyotga joriy etish istiqbollarini tasdiqlaydi.
Adabiyotlar ro‘yxati
[1]. Khusenov A.A., Uzakov G.N., Rakhimov A.Kh., Ergashev Sh.H. Evaluation of heat losses of the solar greenhouse during the heating season // E3S Web of Conferences. – 2023. – Vol. 411. – Art. 01025.
[2]. Ergashev Sh.H., Fayziev T.A., Khusenov A.A. Mathematical modeling of heat regime of underground heat accumulator // AIP Conference Proceedings. – 2023. – Vol. 2612. – Art. 030019.
[3]. To‘xliyev M.M., Ovlayev J.O. Takomillashtirilgan quyosh quritish qurilmasining harorat rejimini tadqiqot qilish // Innovatsion texnologiyalar. – Qarshi, 2022. – № 1(45). – B. 36–40.
[4]. To‘xliyev M.M. Mavsumiy quyosh kollektorlarining samaradorligini oshirish va tadqiqot qilish // Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. – Namangan, 2019. – № 2. – B. 49–52.
[5]. Emad A.A. Utilization of a solar greenhouse as a solar dryer for drying dates under the climatic conditions of the Eastern Province of Saudi Arabia // Journal of Agricultural Science. 2012. Vol. 4. Pp. 237–246.
[6]. Rosegrant M.W., Magalhaes E., Valmonte-Santos R.A., Mason-D’Croz D. Returns to Investment in Reducing Postharvest Food Losses and Increasing Agricultural Productivity Growth // In: Prioritizing Development: A Cost Benefit Analysis of the United Nations’ Sustainable Development Goals; Lomborg B. (Ed.). Cambridge: Cambridge University Press, 2018. Pp. 322–338.
[7]. Arumugam S., Rangarajan J.M., Brijesh K., Tiwari A.G. Pulse Foods // Brian McKenna (Ed.). 2nd ed. Cambridge, MA, USA: Academic Press, 2021. Pp. 193–212.
[8]. Bennamoun L., Belhamri A. Design and simulation of a solar dryer for agricultural products // Journal of Food Engineering. 2003. Vol. 59. Pp. 259–266.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Davlonov, X.A., Norboyev, Z.X. (Muallif)