COMSOL MULTIPHYSICS DASTURI ASOSIDA GEOTERMAL QUDUQ ATROFIDA ISSIQLIK TARQALISH JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH
PDF (inglizcha)

Kalit so‘zlar

geotermal energiya manbai geotermal quduq issiqlik tarqalishi harorat gradient sonli modellashtirish

Iqtibos keltirish tartibi

Toshmamatov, B. M., & Fayziyev, T. A. (2026). COMSOL MULTIPHYSICS DASTURI ASOSIDA GEOTERMAL QUDUQ ATROFIDA ISSIQLIK TARQALISH JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH. Muqobil Energetika, 22(1), 107-111. https://doi.org/10.70769/2181-2284.ME.1(22).2026.14

Annotatsiya

Dunyo miqyosida an’anaviy yoqilg‘i-energetika resurslarining kamayishi hamda ekologik muammolarning kuchayishi energiya tejash va mavjud energiya resurslaridan samarali foydalanishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. Mazkur tadqiqot Qashqadaryo viloyatida joylashgan tabiiy geotermal energiya manbalari hamda geotermal quduqlar atrofida issiqlik tarqalish jarayonlarini sonli modellashtirish asosida o‘rganishga bag‘ishlangan.

Materiallar va usullar

Tadqiqotda geotermal quduqlar atrofidagi issiqlik uzatish jarayonlari COMSOL Multiphysics dasturiy platformasi yordamida sonli modellashtirish asosida tahlil qilindi. Geotermal manba haroratining tuproq muhitidagi issiqlik tarqalishiga ta’siri matematik model yordamida baholandi.

Natijalar

Hisoblash natijalari geotermal manba harorati TG = 50–75 °C oralig‘ida oshishi bilan tuproq muhitida harorat gradienti va issiqlik tarqalish intensivligi sezilarli darajada ortishini ko‘rsatdi. Olingan natijalar geotermal energiyadan samarali foydalanish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi.

Xulosa

Tadqiqot natijalari geotermal energiya manbalaridan binolarni issiqlik bilan ta’minlash tizimlarida samarali foydalanish uchun yuqori salohiyat mavjudligini tasdiqladi. Ushbu yondashuv energiya samaradorligini oshirish, an’anaviy yoqilg‘i sarfini kamaytirish hamda ekologik barqaror isitish texnologiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

PDF (inglizcha)

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Uzakov G.N., Toshmamatov B.M., Shamurotova S.M. Development of an Experimental Research Methodology for an Autonomous Hot Water Supply System Based on a Flat Plate Solar Water Heating Collector // Alternative Energy. – 2025. – No. 4(21). – P. 56–64.

[2]. Toshmamatov B.M., Ruzikulov G.Yu., Aminov F. Improving the Energy Efficiency of Heat Pump Units // International Journal of Science and Technology. – 2025. – Vol. 2, Issue 17. – P. 11–16.

[3]. Toshmamatov B.M., Temirova D. Research of the Heat Balance of an Autonomous Underfloor Heating System with a PCM Accumulator // International Journal of Science and Technology. – 2025. – Vol. 2, Issue 17. – P. 20–23.

[4]. Узаков Г.Н., Давланов Х.А., Тошмаматов Б.М. Энергоэффективные системы и технологии с использованием альтернативных источников энергии // Альтернативная энергетика. – 2021. – № 1(01). – С. 7–19.

[5]. Toshmamatov B.M., Rakhmatov O.I., Valiyev S.T., Nurmanov Sh.Kh. Calculation of Thermal-Technical Parameters of a Hybrid Heat Supply System Based on Geothermal Energy // Alternative Energy: Scientific and Technical Journal. – 2023. – No. 2(09). – P. 72–82.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Toshmamatov, B.M., Fayziyev, T.A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.