Annotatsiya
So‘nggi yillarda energiya tejamkor texnologiyalar, xususan, issiqlik nasosi tizimlari (Heat Pump Systems – HPS) avtonom isitish va sovitish tizimlarida keng qo‘llanila boshladi. Ushbu tadqiqot qishloq uylarida geotermal issiqlik nasosiga asoslangan isitish va sovitish tizimining energetik hamda eksergetik samaradorligini baholashga bag‘ishlangan.
Materiallar va usullarTadqiqotda issiqlik nasosi tizimlarini isitish va sovitish tizimlarida qo‘llash usullari, shuningdek, ularning energetik va eksergetik ko‘rsatkichlari issiqlik texnikasi hisoblash usullari asosida tahlil qilindi. Geotermal issiqlik nasosi tizimining ishlash sxemasi ishlab chiqildi va uning asosiy termodinamik parametrlari hisoblandi.
NatijalarHisoblash natijalariga ko‘ra, qishloq uylarini isitish va sovitishga mo‘ljallangan geotermal issiqlik nasosi tizimi ishlab chiqildi. Kompressor quvvati 2 kW bo‘lganda bug‘latkichda olinadigan issiqlik miqdori 7,5 kW, kondensator orqali iste’molchiga uzatiladigan issiqlik quvvati esa 9,5 kW ni tashkil etdi. Tizimning ideal samaradorlik koeffitsiyenti (COP) 4,75, qo‘shimcha elektr energiyasi sarfi hisobga olingandagi haqiqiy COP esa 3,8 ga teng ekanligi aniqlandi.
XulosaHisoblash natijalari geotermal issiqlik nasosiga asoslangan isitish va sovitish tizimi qishloq uylarini energiya tejamkor usulda issiqlik bilan ta’minlash va sovitish uchun yuqori samaradorlikka ega ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu tizim energiya sarfini kamaytirish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish imkonini beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati
[1]. Uzakov G.N., Toshmamatov B.M., Shamurotova S.M. Development of an Experimental
Research Methodology for an Autonomous Hot Water Supply System Based on a Flat Plate
Solar Water Heating Collector // Alternative Energy. – 2025. – Vol. 4, No. 21. – P. 56–64.
[2]. Узаков Г.Н., Бутузов В.А., Мамедов Р.А. Современный анализ когенерационных
энергетических систем на основе возобновляемых источников энергии //
Альтернативная энергетика. – 2025. – № 3(19). – С. 62–78.
[3]. Toshmamatov B.M., Ruzikulov G.Yu., Aminov F. Improving the Energy Efficiency of Heat
Pump Units // International Journal of Science and Technology. – 2025. – Vol. 2, Issue 17. – P.
11–16.
[4]. Toshmamatov B.M., Temirova D. Research of the Heat Balance of an Autonomous Underfloor
Heating System with a PCM Accumulator // International Journal of Science and Technology. – 2025. – Vol. 2, Issue 17. – P. 20–23.
[5]. Tsagarakis K.P. Shallow geothermal energy under the microscope: Social, economic, and
institutional aspects // Renewable Energy. – 2020. – Vol. 147. – P. 2801–2808.
[6]. Violante A.C., Donato F., Guidi G., Proposito M. Comparative life cycle assessment of the
ground source heat pump vs air source heat pump // Renewable Energy. – 2022. – Vol. 188. –
P. 1029–1037.
[7]. Jackson M.D., Regnier G., Staffell I. Aquifer thermal energy storage for low carbon heating and
cooling in the United Kingdom: Current status and future prospects // Applied Energy. – 2024. – Vol. 376. – Article 124096.
[8]. Yazdani H., Blum P., Menberg K. Co-simulation of building energy and geothermal systems:
A review // Energy and Buildings. – 2026. – Vol. 350. – Article 116550.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Uzakov, G.N., Mehdiyeva, A.M., Toshmamatov, B.M., Boitova, A., Temirova, D., Aminov, F. (Muallif)