Annotatsiya
Mazkur tadqiqotda havo bo‘shliqli membranali distillatsiya (Air Gap Membrane Distillation – AGMD) tizimining ishlash samaradorligi Taguchi ortogonal eksperimental rejalashtirish usuli yordamida optimallashtirildi. Tadqiqotda to‘rtta asosiy ekspluatatsion parametr — oziqlantiruvchi suv harorati (T₁), sovituvchi suv harorati (T₂), oziqlantiruvchi oqim sarfi (V₁) va sovituvchi oqim sarfi (V₂) tahlil qilindi. Jarayon samaradorligi distillyat oqimi, distillyat massasi va mahsulotning elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha baholandi.
Materiallar va usullarTajriba Ispaniyaning PURA-Lab (PSA, CIEMAT) laboratoriyasida havo bo‘shliqli membranali distillatsiya qurilmasida o‘tkazildi. Tadqiqotda 3 mm havo bo‘shlig‘iga ega gidrofob PTFE tekis membranadan foydalanildi. Oziqlantiruvchi va sovituvchi oqimlar qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlantirildi, harorat esa termostatli vannalar yordamida (±0,5 °C) boshqarildi. Jarayonni optimallashtirish L8 Taguchi ortogonal reja asosida amalga oshirildi. O‘rganilgan parametrlar: T₁ = 70–80 °C, T₂ = 20–25 °C, V₁ = 100–150 L/soat va V₂ = 100–150 L/soat. Tahlilda distillyat oqimi, distillyat massasi va mahsulot elektr o‘tkazuvchanligi statistik usullar yordamida baholandi.
NatijalarEksperimental natijalarga ko‘ra, distillyat oqimi 36,72–122,11 L/soat, distillyat massasi 0,158–1,328 kg, mahsulot elektr o‘tkazuvchanligi esa 1,23–3,69 μS/cm oralig‘ida o‘zgardi. Taguchi tahlili oziqlantiruvchi suv harorati (T₁) eng muhim omil ekanligini ko‘rsatdi; u distillyat oqimidagi o‘zgarishning 56,4 %, distillyat massasidagi o‘zgarishning esa 69,8 % ini belgilaydi. T₁ ning 70 °C dan 80 °C gacha oshirilishi distillyat oqimi va massasining 60 % dan ortiq kamayishiga olib keldi. Optimal ish rejimi T₁ = 70 °C, T₂ = 20 °C, V₁ = 150 L/soat va V₂ = 100 L/soat bo‘lganda kuzatildi. Ushbu sharoitda maksimal distillyat oqimi 118 L/soat va yuqori sifatli mahsulot (1,3 μS/cm) olindi.
XulosaTaguchi eksperimental rejalashtirish usuli AGMD tizimining optimal ish parametrlarini aniqlashda yuqori samaradorlikka ega ekanligi tasdiqlandi. Oziqlantiruvchi suv harorati tizim unumdorligiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omil bo‘lib, optimal parametrlarni tanlash distillyat unumdorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Adabiyotlar ro‘yxati
[6]. Camacho L., Dumée L., Zhang J., Li J.D., Duke M., Gomez J., Gray S. Advances in Membrane Distillation for Water Desalination and Purification Applications // Water. – 2013. – Vol. 5, No. 1. – P. 94–196. – DOI: 10.3390/w5010094.
[7]. Alkhudhiri A., Darwish N., Hilal N. Membrane distillation: A comprehensive review // Desalination. – 2012. – Vol. 287. – P. 2–18. – DOI: 10.1016/j.desal.2011.08.027.
[8]. Jing L., Sun J., Zhang Y., Chen J., Guo F. Experimental Investigation of Temperature Polarization near Membrane Surface During Air Gap Membrane Distillation Processes // Membranes. – 2025. – Vol. 15, No. 6. – Article 185. – DOI: 10.3390/membranes15060185.
[9]. Roy R.K. Design of Experiments Using the Taguchi Approach: 16 Steps to Product and Process Improvement. – New York: Wiley, 2001. – 538 p.
[10]. Khalifa A.E., Lawal D.U. Application of response surface and Taguchi optimization techniques to air gap membrane distillation for water desalination – A comparative study // Desalination and Water Treatment. – 2016. – Vol. 57, No. 59. – P. 28513–28530. – DOI: 10.1080/19443994.2016.1189850.
[11]. PURA-Lab – Automated Membrane Distillation Facility. Plataforma Solar de Almería [Electronic resource]. – Available: https://www.psa.es (accessed 14.11.2025).
[12]. El-Bourawi M.S., Ding Z., Ma R., Khayet M. A framework for better understanding membrane distillation separation process // Journal of Membrane Science. – 2006. – Vol. 285, No. 1–2. – P. 4–29. – DOI: 10.1016/j.memsci.2006.08.002.
[13]. Minitab Support. Response Table for Analyze Taguchi Design [Electronic resource]. – Available: https://support.minitab.com/en-us/minitab/help-and-how-to/statistical-modeling/doe/how-to/taguchi/analyze-taguchi-design/interpret-the-results/all-statistics-and-graphs/response-table/ (accessed 14.11.2025).
[14]. Khayet M. Membranes and theoretical modeling of membrane distillation: A review // Advances in Colloid and Interface Science. – 2011. – Vol. 164, No. 1–2. – P. 56–88. – DOI: 10.1016/j.cis.2010.09.005.
[15]. Gryta M. Long-term performance of membrane distillation process // Journal of Membrane Science. – 2005. – Vol. 265, No. 1–2. – P. 153–159. – DOI: 10.1016/j.memsci.2005.04.049.
[16]. Leman M. Central Asian and Northern Cyprus Water Desalination Experience // American
Journal of Water Science and Engineering. – 2024. – Vol. 10, No. 3. – P. 48–53. – DOI:
10.11648/j.ajwse.20241003.11.
[17]. Tiwari A., Rathod M.K., Kumar A. A comprehensive review of solar-driven desalination
systems and its advancements // Environment, Development and Sustainability. – 2023. – Vol.
25, No. 2. – P. 1052–1083. – DOI: 10.1007/s10668-021-02040-5.
[18]. Montgomery D.C. Design and Analysis of Experiments. – 8th ed. – Hoboken: John Wiley &
Sons, 2013. – 730 p.
[19]. Roy R.K. A Primer on the Taguchi Method. – Dearborn: Society of Manufacturing Engineers,
1990. – 247 p.
[20]. Shahu V.T., Thombre S.B. Air gap membrane distillation: A review // Journal of Renewable
and Sustainable Energy. – 2019. – Vol. 11, No. 4. – DOI: 10.1063/1.5063766.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Axatov, J., Kuralov, M., Juraev, T., Halimov, A. (Muallif)