<b>SUG‘ORILADIGAN YERLARDA NO‘XAT NAVLARINING HOSIL ELEMENTLARI SHAKLLANISHIGA EKISH MUDDATI VA SXEMASINING TA’SIRI</b>
PDF

Kalit so‘zlar

no‘xat Zumrad navi Malxotra navi ekish muddati ekish sxemasi hosil strukturasi dukkaklar soni don massasi 1000 dona don massasi hosildorlik sug‘oriladigan yerlar

Iqtibos keltirish tartibi

Jabborov, F. B., & Abdiyev, A. A. (2026). SUG‘ORILADIGAN YERLARDA NO‘XAT NAVLARINING HOSIL ELEMENTLARI SHAKLLANISHIGA EKISH MUDDATI VA SXEMASINING TA’SIRI. Innovatsion Texnologiyalar, 137-141. https://doi.org/10.70769/2181-4732.ITJ.2026-m.17

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan yerlari sharoitida no‘xatning Zumrad va Malxotra navlarida ekish muddati hamda ekish sxemasining hosil strukturasi elementlariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotlar 2020-2022 yillarda uch xil ekish muddati (10-15 fevral, 20-25 fevral va 1-5 mart) hamda uch xil ekish sxemasi (60×6, 60×9 va 60×12 sm) bo‘yicha o‘tkazildi. Tajriba natijalariga ko‘ra ekish muddatini o‘zgarishi va oziqlanish maydonining kengayishi no‘xat o‘simligining o‘sishi, rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Har ikkala navda ham eng yuqori natija 10-15 fevral muddatida ekilgan 60×12 sm sxemadagi variantlarda qayd etildi. Ushbu variantlarda bitta o‘simlikdagi dukkaklar soni, donlar soni, don massasi va 1000 dona don massasi boshqa variantlarga nisbatan yuqori bo‘ldi. Ekish muddatining kechikishi bilan hosil strukturasi ko‘rsatkichlari bosqichma-bosqich kamayib borishi kuzatildi. Navlar kesimida Zumrad navi Malxotra naviga nisbatan barcha variantlarda ham ustunlik qildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan yerlari sharoitida no‘xatdan yuqori va sifatli don hosili olish uchun 10-15 fevralda ekish hamda 60×12 sm ekish sxemasidan foydalanish maqsadga muvofiq deb topildi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.

[2] Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. Uslubiy qo‘llanma. O‘zPITI-T.2007. -B.146.

[3] Abdiyev A.A., Tursunova M.K. The Influence of Sowing Dates and Schemes on the Formation of Yield Attributes of Chickpea Varieties in the Rainfed Area of the Southern Region of Uzbekistan. // American Journal of Botany and Bioengineering. Volume: 2 | Number: 9 (2025) Sep.

[4] Bobokulov Z., Bobomirzaev P., Tursunov S., & Muhammadiyeva L. (2024). The effect of planting scheme and time on chickpea grain production in drought conditions. In BIO Web of Conferences (Vol. 130, p. 01006). EDP Sciences.

[5] Bobokulov Z.R. No‘xatning hosil strukturasiga sug‘orish tartibi va mineral o‘g‘itlar hamda inokulyantning ta’siri. O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. -Toshkent, 2025. -№9. -B.38-39.

[6] Hamdamov I., Mustonov S., Bobomurodov Z. Sug‘oriladigan yerlarda no‘xat yetishtirishning ilmiy asoslari. Monografiya. Toshkent-2007. - 106 b.

[7] Mavlonov B.T., Xamdamov I.X. No‘xat hosil elementlari shakllanishiga mineral o‘g‘itlarning ta’siri // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. - Toshkent, 2005. - №1. - 21 b.

[8] Mo‘minov A.A., Raxmonov Sh.X. No‘xatning “Zumrad” navini o‘suv davri davomiyligiga urug‘ ekish muddatlari va me’yorlarining ta’siri. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi jurnali. Maxsus son. №1. T: 2024. 16-19 b.

[9] G‘ayimnazarov Israil Xoliqovich, Mamarasulov Sobir Raxmonqulogli, and Toshmurodov Jomurod Jahongirogli. “O‘ZAN TUBI BARQARORLIGINI BAHOLASH USULLARI” Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности 4.1 (2026): 237-241.

[10] G‘ayimnazarov I.X., Raxmatov M.I., Shermatov B.B. O‘ZBEKISTONNING QURUQ-ISSIQ IQLIM SHAROITIDA BINOLARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI //Innovatsion texnologiyalar. – 2026. – Т. 61. – №. 1. – С. 139-145.

[11] Mustanov S., Mashrabov M., Mavlonov B. Influence of different planting schemes on the growth, development, and productivity of the chickpeas type “Nitrigum” // E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2024. - Т. 510. - С.

[12] Xамдамов И.Х., Ходжаева Н.Ж., Мустанов С.Б., Разветие и уражайность сортов нута при различных весенних сроках посева // Фан чорраҳалари. Илмий тўплам. Самарқанд. 2005. 123-127 б.

[13] Савкина Л.В. Биология цветения и плодоношения нута (Cicer arietinum L.) в связи с условями выращивания в Самаркандской области. Автореф. к.с/х.н. Ташкент, 1995. С-18.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Jabborov F.B., Abdiyev A.A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.