<b>O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQLIM SHAROITLARIDA CHEVROLET COBALT AVTOMOBILI CHIQINDI GAZLARI ISSIQLIK ENERGIYASINI REKUPERATSIYA QILISHNING ENERGETIK SALOHIYATINI ASOSLASH</b>
PDF (ruscha)

Kalit so‘zlar

ichki yonuv dvigateli Chevrolet Cobalt energiyani rekupersiya qilish termoelektr generator chiqindi gazlar energetik samaradorlik chiqindi gazlar harorati O‘zbekistonning iqlim sharoitlari

Iqtibos keltirish tartibi

Kiyamov, A. Z. (2026). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQLIM SHAROITLARIDA CHEVROLET COBALT AVTOMOBILI CHIQINDI GAZLARI ISSIQLIK ENERGIYASINI REKUPERATSIYA QILISHNING ENERGETIK SALOHIYATINI ASOSLASH. Innovatsion Texnologiyalar, 106-113. https://doi.org/10.70769/2181-4732.ITJ.2026-m.13

Annotatsiya

Avtomobil transportining energetik samaradorligini oshirish zamonaviy avtomobilsozlikning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i energiyasining sezilarli qismi sovitish tizimi va chiqindi gazlar orqali atrof-muhitga uzatiladigan issiqlik energiyasi ko‘rinishida yo‘qotiladi. Chiqindi gazlar issiqlik energiyasining bir qismini elektr energiyasiga aylantirish imkonini beruvchi termoelektr generatorlardan foydalanish alohida qiziqish uyg‘otadi.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida keng ekspluatatsiya qilinayotgan Chevrolet Cobalt avtomobilining chiqindi gazlari issiqlik energiyasini rekupersiya qilishning energetik salohiyati hisobiy-tahliliy jihatdan baholangan. Chiqindi gazlar harorati hamda atrof-muhit haroratining termoelektr generatorning ishlash samaradorligiga ta’siri ko‘rib chiqilgan.

Chevrolet Cobalt avtomobili chiqindi gazlarining issiqlik salohiyati dvigatelning turli ish rejimlariga xos bo‘lgan 300–800 °C diapazondagi chiqindi gazlar haroratlari uchun tahlil qilindi. Termoelektrik rekupersiya tizimidan foydalanilganda olinishi mumkin bo‘lgan elektr quvvatining qiymatlari aniqlandi. O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoitlari termoelektr generatorning harorat rejimi va energiyani aylantirish samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi belgilandi.

Olingan natijalardan avtomobil transportida energiya tejovchi tizimlarni ishlab chiqishda hamda gibrid kuch qurilmalarini takomillashtirishda foydalanish mumkin.

PDF (ruscha)

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Нигматуллин Ш.Ф., Самиков Р.Ф., Разяпов М.М. Исследование работы термоэлектрического генератора в системе выпуска отработавших газов ДВС // Транспортное машиностроение. 2022. № 4. С. 45–52.

[2] Юдин А.В., Самиков Р.Ф. Современное состояние и перспективы разработки термоэлектрических генераторов для преобразования тепловой энергии выхлопных газов ДВС // Молодой ученый. 2021. № 18. С. 112–117.

[3] Rowe D. M. Thermoelectrics Handbook: Macro to Nano. Boca Raton: CRC Press, 2006.

[4] Bell L. E. Cooling, Heating, Generating Power, and Recovering Waste Heat with Thermoelectric Systems // Science. 2008. Vol. 321. No. 5895. P. 1457–1461. DOI: 10.1126/science.1158899.

[5] Mori M. Development of Thermoelectric Generators for Automotive Waste Heat Recovery // Journal of Electronic Materials. 2011. Vol. 40. No. 5. P. 1105–1111. DOI: 10.1007/s11664-011-1560-z.

[6] Champier D. Thermoelectric Generators: A Review of Applications // Energy Conversion and Management. 2017. Vol. 140. P. 167–181. DOI: 10.1016/j.enconman.2017.02.070

[7] He W. Recent Development and Application of Thermoelectric Generator and Cooler // Applied Energy. 2015. Vol. 143. P. 1–25. DOI: 10.1016/j.apenergy.2015.01.058.

[8] Karri M. A. Numerical Analysis of Automotive Exhaust Thermoelectric Generator // International Journal of Thermal Sciences. 2011. Vol. 50. No. 7. P. 1221–1230. DOI: 10.1016/j.ijthermalsci.2011.02.016.

[9] G‘ayimnazarov Israil Xoliqovich, Mamarasulov Sobir Raxmonqulogli, and Toshmurodov Jomurod Jahongirogli. “O‘ZAN TUBI BARQARORLIGINI BAHOLASH USULLARI” Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности 4.1 (2026): 237-241.

[10] Kim T. Y. Performance Analysis of Automotive Thermoelectric Generator under Various Driving Conditions // Energy. 2016. Vol. 114. P. 1162–1171. DOI: 10.1016/j.energy.2016.08.069.

[11] Akhmedov B. A. Energy Efficiency Improvement of Vehicle Power Systems under Hot Climate Conditions // E3S Web of Conferences. 2023. Vol. 401. DOI: 10.1051/e3sconf/202340101012.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Kiyamov A.Z. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.