<b>GELIOISSIQXONA UCHUN TUPROQ ISSIQLIK NASOSLI ISITISH TIZIMINING MATEMATIK MODELI VA ENERGETIK TAHLILI</b>
PDF

Kalit so‘zlar

gelioissiqxona tuproq issiqlik nasosi isitish tizimi issiqlik almashinuvi matematik model energiya samaradorligi issiqlik yuklamasi qayta tiklanuvchi energiya

Iqtibos keltirish tartibi

Uzoqov, G. N., Ibragimov, U. X., & Xusenov, A. A. (2026). GELIOISSIQXONA UCHUN TUPROQ ISSIQLIK NASOSLI ISITISH TIZIMINING MATEMATIK MODELI VA ENERGETIK TAHLILI. Innovatsion Texnologiyalar, 62(2), 31-39. https://doi.org/10.70769/2181-4732.ITJ.2026-2.04

Annotatsiya

Gelioissiqxonalarda energiya sarfini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda tuproq issiqlik nasosli (TIN) isitish tizimining matematik modeli ishlab chiqildi hamda uning issiqlik-energetik ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Hisoblash natijalari asosida tizimning optimal parametrlari va energetik samaradorligi baholandi.

Tadqiqotda gelioissiqxona uchun TINli isitish tizimining prinsipial sxemasi ishlab chiqilib, issiqlik almashinuvi jarayonlari differensial tenglamalar asosida modellashtirildi. Tuproq muhitida issiqlik tarqalishi silindrik koordinatalarda ko‘rib chiqildi va sonli hisoblashlar amalga oshirildi. Hisoblashlarda tuproqning issiqlik-fizik xossalari hamda issiqxonaning maksimal issiqlik yuklamasi hisobga olindi.

Natijalarga ko‘ra, quvur uzunligining bir birligiga to‘g‘ri keluvchi issiqlik oqimi 21,4 Vt/m ni tashkil etdi. Gelioissiqxonaning maksimal issiqlik yuklamasi 15,12 kVt bo‘lib, COP=4,0 bo‘lgan real ish rejimida zarur quvur uzunligi taxminan 530 m ekanligi aniqlandi. TINning kompressori iste’mol qiladigan elektr quvvati 3,78 kVt ni tashkil etib, tizimning yuqori energetik samaradorligi tasdiqlandi.

Tadqiqot natijalari gelioissiqxonalarda TINdan foydalanish energiya tejamkor va ekologik samarali yechim ekanligini ko‘rsatdi. Ishlab chiqilgan matematik model isitish tizimining optimal parametrlarini aniqlash va energetik samaradorligini baholashda samarali vosita hisoblanadi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Sanaye S., Niroomand B. Horizontal ground coupled heat pump: thermaleconomic modeling and optimization. Energy Convers Manag 2010, 51 (12). – p. 2600-2612.

[2] Tong Y., Kozai T., Nishioka N., Ohyama K. Reductions in energy consumption and CO2 emissions for greenhouse heated with heat pumps. Am Soc Agric Biol Eng 2012, 28(3). – p. 401-406.

[3] Ozgener O., Hepbasli A. Performance analysis of a solar-assisted ground-source heat pump system for greenhouse heating: an experimental study. Build Environ Aug. 2005, 40(8). – p. 1040-1050.

[4] Mehrpooya M., Hemmatabady H., Ahmadi M.H. Optimization of performance of Combined Solar Collector-Geothermal Heat Pump Systems to supply thermal load needed for heating greenhouses. Energy Convers Manag Jun. 2015, 97. – p. 382-392.

[5] Benli H., Durmus A. Evaluation of ground-source heat pump combined latent heat storage system performance in greenhouse heating. Energy Build 2009, 41. – pp. 220-228.

[6] Różański A., Kaczmarek N. Empirical and theoretical models for prediction of soil thermal conductivity: a review and critical assessment. Studia Geotechnica et Mechanica, 2020, vol. 42(4), - pp 330-340.

[7] Mitchell M.S., Spitler J.D. An Enhanced Vertical Ground Heat Exchanger Model for Whole-Building Energy Simulation. Energies, 2020, vol. 13, p. 4058. https://doi:10.3390/en13164058.

[8] Wang X., et al. Study on the Simplified Model of Vertical Double U-Pipe. Thermal Science, 2023, vol. 27, - pp. 4035-4048.

[9] Jezierski W., Rynkowski P. Optimization of Parameters of a Vertical Ground Heat Exchanger in a Geothermal Heating System. Buildings, 2024, vol. 14, p. 3722. https://doi.org/10.3390/buildings14123722.

[10] G‘ayimnazarov I.X., Raxmatov M.I., Shermatov B.B. O‘ZBEKISTONNING QURUQ-ISSIQ IQLIM SHAROITIDA BINOLARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI //Innovatsion texnologiyalar. – 2026. – Т. 61. – №. 1. – С. 139-145.

[11] Salhein K., Salheen S.A., Annekaa A.M., Hawsawi M., Alhawsawi E.Y., Kobus C.J., Zohdy M. A Comprehensive Review of Geothermal Heat Pump Systems. Processes, 2025, vol. 13, p. 2142. https://doi.org/10.3390/pr13072142.

[12] Yang H., Cui P., Fang Z. Vertical-borehole ground-coupled heat pumps: A review of models and systems. Applied Energy, 2010, vol. 87(1), pp. 16-27. https://doi.org/10.1016/j.apenergy.2009.04.038.

[13] https://www.heatpumppricesreviews.com/cop-of-heat-pump-formula.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Uzoqov, G‘.N., Ibragimov U.X., Xusenov A.A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.