Annotatsiya
Maqolada bank xizmatlarini rivojlantirishda sun’iy intellektdan foydalanishning ilmiy-nazariy yondashuvlari tadqiq etilgan. Tadqiqotning maqsadi bank faoliyatida sun’iy intellektni qo‘llashning asosiy yo‘nalishlarini tizimlashtirish va uni joriy etish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashdan iborat. Ilmiy adabiyotlar tahlili asosida texnologik-transformatsion, mijozga yo‘naltirilgan, kredit, tavakkalchilikka yo‘naltirilgan va generativ yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Sun’iy intellekt bank operatsiyalari samaradorligini oshirish, kredit skoringini takomillashtirish, xatarlarni boshqarish, firibgarlik operatsiyalarini aniqlash va moliyaviy xizmatlarni shaxsiylashtirishga yordam berishi aniqlandi. Intellektual va mijoz jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi generativ sun’iy intellekt alohida ahamiyat kasb etmoqda. Sun’iy intellektni qo‘llash samaradorligi ma’lumotlar sifati, raqamli infratuzilma, inson kapitali, tashkiliy tayyorgarlik va institutsional-tartibga solish muhitiga bog‘liqligi asoslandi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Finio M., O’Brien K., Downie A. AI in Banking // IBM Think. 2025.
2. Donnelly S. Artificial Intelligence and Machine Learning in Financial Services // Financial Stability Board, Bank for International Settlements. 2019.
3. Heß V. L., Damásio B. Machine Learning in Banking Risk Management. 2025.
4. Korla V. et al. Application of Machine Learning for Hyper-Personalization in Banking. 2025.
5. Khadri S. W. AI-Driven Hyper-Personalization in Financial Services. 2025.
6. Ayari H. et al. Machine Learning-Powered Financial Credit Scoring: A Systematic Review. 2026.
7. Omueti J. J. U. Application of Decision Trees, Random Forests and Gradient Boosting in Credit Risk Assessment. 2026.
8. Krauss C., Do S. A., Huck N. Deep Neural Networks, Gradient-Boosted Trees, Random Forests: A Comparison in Financial Risk Prediction. 2017.
9. Macron T., John I. Predictive Risk Modeling in Banking Using Artificial Intelligence. 2026.
10. Islam T. et al. Artificial Intelligence-Based Fraud Detection and Risk Mitigation in Financial Services. 2024.
11. Chen M. AI-Based Anomaly Detection in Financial Transactions. Oracle. 2025.
12. Moharrak M., Mogaji E. Generative Artificial Intelligence in Banking. 2024.
13. L’Hostis A. Conversational Banking: The Future of Customer Interaction. Forrester. 2026.
14. Kamalnath V. et al. Capturing the Full Value of Generative AI in Banking // McKinsey & Company. 2023.
15. Tiwari S. et al. AI Governance Statistics and Trends. 2026.
16. Тихонов А. С. Искусственный интеллект в кредитном скоринге банков. 2025.
17. Акбашева Д. М. и др. Автоматизация банковского учета на основе технологий искусственного интеллекта. 2025.
18. Егорова М. А. Цифровая идентификация в банковском секторе. 2022.
19. Суханова Н. Т., Вежелис Т. М. Использование чат-ботов в банковском обслуживании. 2022.
20. Пронькин А. А., Салаватова Ю. А. Стратегические подходы к реализации проектов искусственного интеллекта. 2026.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Мамутова, А.К. (Muallif)