JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I MA’MURCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH VA KADASTR MA’LUMOTLARI INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI
PDF

Kalit so‘zlar

Jismoniy shaxslar yer solig‘i yer solig‘i ma’muriyatchiligi mahalliy byudjet daromadlari yer resurslarini fiskal boshqarish soliq bazasini aniqlash mexanizmi yer kadastri va soliq integratsiyasi

Iqtibos keltirish tartibi

Ramazonov, S. U. o'g'li. (2026). JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN YER SOLIG‘I MA’MURCHILIGINI RAQAMLASHTIRISH VA KADASTR MA’LUMOTLARI INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MEXANIZMLARI. Innovatsion Iqtisodiyot, 2(2), 10-15. https://doi.org/10.70769/3030-315X.II.2.2.2026.1

Annotatsiya

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxslar tomonidan еr soligʻini hisoblash va toʻlash jarayonining nazariy-huquqiy asoslari hamda amaliy muammolari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi Oʻzbekistonda mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishda еr soligʻining muhim fiskal manba ekanligi, shuningdek, еr resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotning maqsadi - jismoniy shaxslardan undiriladigan еr soligʻi amaliyotida mavjud tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Metodologik asos sifatida tahlil va sintez, qiyosiy-huquqiy tahlil, statistik maʼlumotlarni umumlashtirish hamda tizimli yondashuv usullaridan foydalanildi. Maqolada еr soligʻining mahalliy byudjet daromadlaridagi oʻrni, soliqqa tortish mexanizmining amaldagi holati, raqamlashtirish jarayonlari va soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish yoʻnalishlari koʻrib chiqiladi. Tahlil natijasida еr uchastkalari boʻyicha yagona integratsiyalashgan maʼlumotlar bazasining еtarli darajada shakllanmaganligi, еrga egalik va foydalanish huquqining huquqiy maqomida noaniqliklar mavjudligi, soliq qarzdorliklarining ortib borishi hamda soliq madaniyatining past darajasi kabi tizimli muammolar aniqlandi. Shuningdek, еr soligʻi tizimini raqamlashtirishni chuqurlashtirish, kadastr va soliq organlari axborot tizimlarini integratsiyalash, soliq toʻlovchilarga axborot-tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqot natijalari mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, soliq intizomini mustahkamlash va еr resurslaridan samarali foydalanishni ragʻbatlantirishga xizmat qiladi hamda ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Stiglitz, Joseph E. Economics of the Public Sector.

[2]. Dye, Richard F., England, Richard W. "Assessing the Effects of Property Taxation on the Housing Market." Journal of Real Estate Finance and Economics, 1991.

[3]. Fischel, William A. The Economics of Zoning Laws: A Property Rights Approach.

[4]. Oates, Wallace E. "The Theory and Practice of Local Public Finance." Handbook of Public Economics, 1987.

[5]. Jaeger, David A. "Property Taxation and Inequality." National Tax Journal, 2007.

[6]. Musgrave, R. A., & Musgrave, P. B. (1989). Public Finance in Theory and Practice. McGraw-Hill.

[7]. Stiglitz, J. E. (2000). Economics of the Public Sector. New York: W.W. Norton & Company.

[8]. Tanzi, V. (2000). Taxation in an Integrating World. Washington: Brookings Institution Press.

[9]. Bird, R. M., & Zolt, E. M. (2005). The limited role of the personal income tax in developing countries.

[10]. OECD (2022). Revenue Statistics. OECD Publishing, Paris

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Ramazonov, Sh.U. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.