Annotatsiya
ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida moliya, soliq, audit va iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanish mexanizmlari tizimli tahlil qilingan. Raqamli iqtisodiyotning asosiy texnologiyalari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar, blokcheyn, IoT va bulutli platformalarning iqtisodiy boshqaruvga ta’siri o‘rganilib, ularning samaradorlikni oshirishdagi o‘rni amaliy va nazariy jihatdan asoslab berilgan. Moliya bozorlarida operatsion jarayonlarning tezlashishi, soliq tizimida shaffoflikning kuchayishi, audit tekshiruvlarining aniqligi va real sektor unumdorligining o‘sishi raqamli transformatsiyaning asosiy natijalari sifatida baholangan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar va takomillashtirish mexanizmlari haqida xulosalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan raqamli boshqaruv modelini shakllantirish uchun ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Nasritdinov B. Raqamli iqtisodiyot: O‘quv-uslubiy majmua. Namangan: NamDU, 2024. - 120 b.
2. Tapscott D. The Digital Economy: Promise and Peril in the Age of Networked Intelligence. New York: McGraw-Hill, 1995. - 342 p.
3. Castells M. The Information Age: Economy, Society and Culture. In 3 vols. Oxford: Blackwell Publishers, 1996-1998.
4. Schwab K. The Fourth Industrial Revolution. Geneva: World Economic Forum, 2016. - 198 p.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Abdurahmonov, A.I. (Muallif)