Annotatsiya
Aholi sonining tez sur’atlar bilan o‘sib borishi, oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabning ortishi hamda iqlim o‘zgarishlari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni dolzarb vazifaga aylantirmoqda. An’anaviy qishloq xo‘jaligi usullari ko‘plab hollarda yuqori xarajatlar, resurslardan samarasiz foydalanish va past hosildorlik bilan tavsiflanadi. Shu sababli innovatsion texnologiyalarni joriy etish agrar sohani modernizatsiya qilishning muhim sharti hisoblanadi. Innovatsiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, boshqaruvni raqamlashtirish va qaror qabul qilishda aniq ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi. O‘zbekiston Respublikasida ham qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Mamlakatda suv tejovchi texnologiyalar, aqlli sug‘orish tizimlari, raqamli monitoring va zamonaviy agrotexnikalarni joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Biroq ushbu texnologiyalarning iqtisodiy samaradorligi va amaliy natijalari ilmiy jihatdan chuqur o‘rganishni talab etadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Shamshetova G. Qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalar. Toshkent, 2025.
2. Виневский Е.И. Инновatsiонные технологии в сельском хозяйстве. Москва, 2022.
3. Popkova E.G., Sergi B.S. Smart Innovation in Agriculture. Springer, 2022.
4. Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development. – Cambridge: Harvard University Press, 1934.
5. Rogers E.M. Diffusion of Innovations. – 5th ed. – New York: Free Press, 2003.
6. Porter M.E. The Competitive Advantage of Nations. – New York: Free Press, 1990.
7. OECD. Innovation, Productivity and Sustainability in Agriculture. – Paris: OECD Publishing, 2019.
8. World Bank. Harvesting Prosperity: Technology and Productivity Growth in Agriculture. – Washington, DC, 2017.
9. FAO. Innovation in Family Farming. – Rome: Food and Agriculture Organization of the United Nations, 2014.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Qobilova, M.A. (Muallif)