AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGI VA SUG‘URTA XIZMATLARIGA TALAB: O‘ZBEKISTON UY XO‘JALIKLARI MISOLIDA
PDF

Kalit so‘zlar

moliyaviy savodxonlik sug‘urta savodxonligi uy xo‘jaliklari sug‘urta zichligi moliyaviy inklyuziya ixtiyoriy sug‘urta

Iqtibos keltirish tartibi

Baxriyev, D. R. (2026). AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGI VA SUG‘URTA XIZMATLARIGA TALAB: O‘ZBEKISTON UY XO‘JALIKLARI MISOLIDA. Innovatsion Iqtisodiyot, 11(11), 10-17. https://doi.org/10.70769/3030-315X.II.11.11.2026.2

Annotatsiya

Maqolada O‘zbekiston aholisining moliyaviy savodxonlik darajasi bilan uy xo‘jaliklarining sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabi o‘rtasidagi bog‘liqlik tadqiq etilgan. Tadqiqotning axborot bazasini OECD/INFE ning 2021-yilgi MDH mamlakatlari bo‘yicha moliyaviy savodxonlik so‘rovi, Jahon bankining Global Findex (2011–2025) ma’lumotlari, O‘zbekiston Markaziy banki va Osiyo taraqqiyot bankining 2025-yilgi so‘rovnomasi hamda sug‘urta bozori va Statistika agentligining 2020–2025-yillar ko‘rsatkichlari tashkil etadi. Muallif tomonidan bilim savollarini “kundalik hisob-kitob” va “uzoq muddatli hamda risk” guruhlariga ajratish orqali savodxonlik tarkibidagi nomutanosiblik baholangan, aholi jon boshiga sug‘urta mukofotlari (sug‘urta zichligi) hisoblangan. Natijalar O‘zbekistonda moliyaviy xulq va munosabat ko‘rsatkichlari MDH o‘rtachasidan yuqori bo‘lsa-da, murakkab foiz va diversifikatsiya kabi sug‘urta mantiqi uchun tayanch tushunchalarni bilish past ekanini ko‘rsatdi: ikki guruh o‘rtasidagi farq 21,7 foiz bandini tashkil etadi. 2020–2025-yillarda sug‘urta zichligi nominal jihatdan 5,2 baravar oshgan, biroq hayot sug‘urtasining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan hajmi 2025-yilda bor-yo‘g‘i 15,5 ming so‘mni tashkil etgan va yangi shartnomalarning qariyb yarmi majburiy avtofuqarolik javobgarligi sug‘urtasiga to‘g‘ri kelgan. Shu asosda sug‘urta savodxonligini moliyaviy ta’lim dasturlariga kiritish, mahsulot axborotini soddalashtirish va xavfsiz raqamli sotuv kanallarini rivojlantirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Ablatdinov, S. A. (2023). Improving financial literacy of the population of Uzbekistan: Problems and solutions. Экономика и социум, 12(115)-1, 89–94.

2. Atkinson, A., & Messy, F.-A. (2012). Measuring financial literacy: Results of the OECD/International Network on Financial Education (INFE) pilot study (OECD Working Papers on Finance, Insurance and Private Pensions, No. 15). OECD Publishing. https://doi.org/10.1787/5k9csfs90fr4-en

3. Beck, T., & Webb, I. (2003). Economic, demographic, and institutional determinants of life insurance consumption across countries. The World Bank Economic Review, 17(1), 51–88.

4. Cole, S., Giné, X., Tobacman, J., Topalova, P., Townsend, R., & Vickery, J. (2013). Barriers to household risk management: Evidence from India. American Economic Journal: Applied Economics, 5(1), 104–135.

5. Demirgüç-Kunt, A., Klapper, L., Singer, D., & Ansar, S. (2022). The Global Findex Database 2021: Financial inclusion, digital payments, and resilience in the age of COVID-19. World Bank. https://doi.org/10.1596/978-1-4648-1897-4

6. Kunreuther, H. C., Pauly, M. V., & McMorrow, S. (2013). Insurance and behavioral economics: Improving decisions in the most misunderstood industry. Cambridge University Press.

7. Lin, X., Bruhn, A., & William, J. (2019). Extending financial literacy to insurance literacy: A survey approach. Accounting & Finance, 59(S1), 685–713.

8. Lusardi, A., & Mitchell, O. S. (2014). The economic importance of financial literacy: Theory and evidence. Journal of Economic Literature, 52(1), 5–44. https://doi.org/10.1257/jel.52.1.5

9. Mahdzan, N. S., & Victorian, S. M. P. (2013). The determinants of life insurance demand: A focus on saving motives and financial literacy. Asian Social Science, 9(5), 274–284.

10. Mirzaxo‘jayeva, S. (2025). Financial literacy in Uzbekistan: Building a sustainable future. Scientific Journal of Actuarial Finance and Accounting, 5(01), 375–383. https://doi.org/10.55439/AFA/vol5_iss01/913

11. OECD. (2021). Financial literacy levels in the Commonwealth of Independent States in 2021. OECD Publishing.

12. Outreville, J. F. (1996). Life insurance markets in developing countries. The Journal of Risk and Insurance, 63(2), 263–278.

13. Swiss Re Institute. (2024). World insurance: Strengthening global resilience with a new lease of life (sigma No. 3/2024). Swiss Re.

14. Weedige, S. S., Ouyang, H., Gao, Y., & Liu, Y. (2019). Decision making in personal insurance: Impact of insurance literacy. Sustainability, 11(23), 6795.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Baxriyev, D.R. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.