Annotatsiya
Mazkur maqolada tijorat banklarida raqamli transformatsiya strategiyasini shakllantirish va uni bankning resurslari, risk profili hamda maqsadli mijoz segmentlari bilan uyg‘unlashtirish masalalari tadqiq etilgan. Raqamli kanallarning kengayishi, fintex kompaniyalari bilan raqobatning kuchayishi va mijozlarning shaxsiylashtirilgan xizmatlarga bo‘lgan talabining ortishi sharoitida transformatsiyani faqat texnologik yangilanish emas, balki bank biznes modelini qayta qurish jarayoni sifatida boshqarish zarurligi asoslangan. Tadqiqotda tizimli va qiyosiy tahlil, SWOT tahlili, kontent tahlili hamda ekspert-analitik ballash usullaridan foydalanilgan. Turonbank ATB misolida muqobil raqamli transformatsiya yo‘nalishlari kapital sig‘imi, texnologik tayyorgarlik, bozor salohiyati, risk darajasi, mavjud filiallar tarmog‘i bilan muvofiqlik va amalga oshirish muddati mezonlari asosida baholangan. Natijalar raqamli transformatsiya samaradorligi texnologik infratuzilma bilan bir qatorda risklarni boshqarish, xodimlar kompetensiyasi, ma’lumotlar sifati va mijozlarga yo‘naltirilgan biznes modelining uyg‘unligiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Tadqiqot asosida tijorat banklari uchun raqamli va an’anaviy xizmat kanallarini integratsiyalashga yo‘naltirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizm taklif etilgan
Adabiyotlar ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF–5992-son “2020–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/4811025
2. Basel Committee on Banking Supervision. (2015). Corporate governance principles for banks. Bank for International Settlements.
3. Basel Committee on Banking Supervision. (2021). Principles for operational resilience. Bank for International Settlements.
4. Vial, G. (2019). Understanding digital transformation: A review and a research agenda. Journal of Strategic Information Systems, 28(2), 118–144. https://doi.org/10.1016/j.jsis.2019.01.003
5. Westerman, G., Bonnet, D., & McAfee, A. (2014). Leading Digital: Turning Technology into Business Transformation. Harvard Business Review Press.
6. OECD. (2020). Digital Disruption in Banking and its Impact on Competition. OECD Publishing.
7. Islamic Financial Services Board. (2024). Islamic Financial Services Industry Stability Report 2024. Kuala Lumpur: IFSB.
8. “Turonbank” ATB. Bank transformatsiyasi, Colvir Banking System, CRM, anderrayting va masofaviy xizmatlarga doir ochiq hamda taqdim etilgan materiallar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Tijorat banklari va to‘lov tizimlariga doir statistik ma’lumotlar. https://cbu.uz
10. Verhoef, P. C., Broekhuizen, T., Bart, Y., Bhattacharya, A., Dong, J. Q., Fabian, N., & Haenlein, M. (2021). Digital transformation: A multidisciplinary reflection and research agenda. Journal of Business Research, 122, 889–901. https://doi.org/10.1016/j.jbusres.2019.09.022

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Salamov, I.T. (Muallif)