QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI BILAN TA’MINLASHNI LIZING, KREDIT VA O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIGA TAKOMILLASHTIRISH (PAXTACHILIK MISOLIDA)
PDF

Kalit so‘zlar

qishloq xo‘jaligi texnikasi modernizatsiya lizing kredit o‘z mablag‘lari paxtachilik korrelyatsion-regression tahlil trend prognoz

Iqtibos keltirish tartibi

Djurayev, B. B. (2026). QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARI BILAN TA’MINLASHNI LIZING, KREDIT VA O‘Z MABLAG‘LARI HISOBIGA TAKOMILLASHTIRISH (PAXTACHILIK MISOLIDA). Innovatsion Iqtisodiyot, 9(9), 106-111. https://doi.org/10.70769/3030-315X.II.9.9.2026.18

Annotatsiya

Maqolada paxtachilikda qo‘llanilayotgan zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari sonining kredit, lizing va ishlab chiqaruvchilarning o‘z mablag‘lari hisobiga sotib olingan texnikalar hamda paxta hosildorligi bilan bog‘liqligi 2019–2023-yillar ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Juft korrelyatsiya va juft regressiya tahlili, Styudent t- va Fisher F-mezonlari hamda chiziqli trend funksiyalari qo‘llanildi. Kuzatuvlar soni kamligi (n = 5) va moliyalashtirish manbalari o‘rtasidagi kuchli multikollinearlik (r = 0,93–0,99) sababli ko‘p omilli model o‘rniga juft modellar baholandi. Natijalarga ko‘ra, yuqori unumli resurstejamkor traktorlar soni 2019–2023-yillarda 40,1 foizga oshgan; ularning soni bilan paxta hosildorligi o‘rtasida statistik ahamiyatli bog‘liqlik aniqlandi (R² = 0,945; p = 0,006), moliyalashtirish manbalarining ta’siri esa faqat 10 foizli ahamiyatlilik darajasida qayd etildi. Trend modeli (R² = 0,994) asosida 2028-yilda traktorlar soni 8,3–9,4 ming dona oralig‘ida (nuqtaviy prognoz 8 867 dona) bo‘lishi kutilmoqda.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi PF-5853-son «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoni.

2. Pingali P. Agricultural mechanization: adoption patterns and economic impact // Handbook of Agricultural Economics. Vol. 3. — Amsterdam: Elsevier, 2007. — P. 2779–2805.

3. Эконометрика: Учебник / Под ред. И.И. Елисеевой. — М.: Финансы и статистика, 2003. — 344 с.

4. Магнус Я.Р., Катышев П.К., Пересецкий А.А. Эконометрика. Начальный курс. — М.: Дело, 2004. — 576 с.

5. Gujarati D.N., Porter D.C. Basic Econometrics. 5th ed. — New York: McGraw-Hill/Irwin, 2009. — 922 p.

6. Wooldridge J.M. Introductory Econometrics: A Modern Approach. 7th ed. — Boston: Cengage Learning, 2020.

7. Hyndman R.J., Athanasopoulos G. Forecasting: Principles and Practice. 3rd ed. — Melbourne: OTexts, 2021. — URL: https://otexts.com/fpp3/

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Djurayev, B.B. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.