Annotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi bank tizimida risklarni boshqarishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Markaziy bank to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari hamda Markaziy bank Boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 3427-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Banklar va banklar guruhlarining risklarni boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risida”gi nizomning mazmun-mohiyati yoritilgan. Tadqiqot davomida banklarda risklarni boshqarish tizimining tashkiliy tuzilmasi, himoyaning uch chizig‘i modeli, ichki nazorat mexanizmlari, risklarni baholash va monitoring qilish jarayonlari hamda stress-test amaliyotining ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek, kredit va likvidlilik risklarini boshqarishda stress-test ssenariylaridan foydalanishning banklar moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari banklarda risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish, moliyaviy xavfsizlikni mustahkamlash va xalqaro standartlarga mos boshqaruv mexanizmlarini joriy etish zarurligini ko‘rsatadi.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Greuning Hennie van, Bratanovic Sonja Brajovic. Analyzing Banking Risk: A Framework for Assessing Corporate Governance and Risk Management. – 4th Edition. – Washington D.C.: World Bank Publications, 2020. – 456 p.
2. Saunders Anthony, Cornett Marcia Millon. Financial Institutions Management: A Risk Management Approach. – 10th Edition. – New York: McGraw-Hill Education, 2021. – 784 p.
3. Mishkin Frederic S. The Economics of Money, Banking and Financial Markets. – 13th Edition. – New York: Pearson Education, 2022. – 720 p.
4. Bessis Joel. Risk Management in Banking. – 5th Edition. – Hoboken, New Jersey: John Wiley & Sons, 2015. – 976 p.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF–158-son Farmoni. “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida. – Toshkent, 2023. – 56 b.
6. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–582-son. – Toshkent, 2019. – 35 b.
7. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ–582-son. – Toshkent, 2019. – 48 b.
8. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2023-yil 18-apreldagi 3427-son qarori bilan tasdiqlangan “Banklar va banklar guruhlarining risklarni boshqarish tizimiga doir talablar to‘g‘risida”gi Nizom. – Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 2023. – 67 b.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Mitillayev, I.T. (Muallif)