Annotatsiya
Maqolada kichik biznes subyektlarining raqobatdoshligini oshirishda moliyaviy resurslardan (bank kreditlari va investitsiyalardan) samarali foydalanishning iqtisodiy-ekonometrik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda 2010–2024-yillar davriga oid yillik ma’lumotlar asosida logarifmik-chiziqli regressiya modeli qurildi. Natijalar moliyaviy resurslar hajmining kichik biznesda yaratiladigan yalpi qo‘shilgan qiymatga elastik (β ≈ 1,07) va statistik jihatdan yuqori darajada ahamiyatli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi. Resurslar tarkibida bank kreditlarining hissasi investitsiyalarga nisbatan ustun ekanligi aniqlandi. Maqola yakunida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Adabiyotlar ro‘yxati
1. Stiglitz J.E., Weiss A. Credit Rationing in Markets with Imperfect Information // The American Economic Review. – 1981. – Vol. 71, No. 3. – P. 393–410.
2. Berger A.N., Udell G.F. The economics of small business finance: The roles of private equity and debt markets in the financial growth cycle // Journal of Banking & Finance. – 1998. – Vol. 22. – P. 613–673.
3. King R.G., Levine R. Finance and Growth: Schumpeter Might Be Right // The Quarterly Journal of Economics. – 1993. – Vol. 108, No. 3. – P. 717–737.
4. Beck T., Demirgüç-Kunt A. Small and medium-size enterprises: Access to finance as a growth constraint // Journal of Banking & Finance. – 2006. – Vol. 30. – P. 2931–2943.
5. Farrell M.J. The Measurement of Productive Efficiency // Journal of the Royal Statistical Society. Series A. – 1957. – Vol. 120, No. 3. – P. 253–290.
6. Schumpeter J.A. The Theory of Economic Development. – Cambridge: Harvard University Press, 1934. – 255 p.
7. Gofurov D. Kichik biznes uchun soliq imtiyozlarining samaradorligini baholash // Ilg‘or iqtisodiyot va pedagogik texnologiyalar. – 2025. – 2(5). – B. 191–200.
8. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining asosiy ko‘rsatkichlari (2024-yil). – Toshkent, 2025. – www.stat.uz
9. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki. Kichik biznes subyektlarini kreditlash bo‘yicha statistik ma’lumotlar. – www.cbu.uz
10. O‘zbekiston raqamlarda: Statistik to‘plam. – Toshkent: Milliy statistika qo‘mitasi, 2024.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Shavkatov, A.Sh. (Muallif)