GELIOISSIQXONADA ISSIQLIK NASOSI VA QUYOSH SUV KOLLEKTORIGA ASOSLANGAN KOMBINATSIYALASHGAN ISITISH TIZIMINING ISSIQLIK REJIMINI MODELLASHTIRISH VA TADQIQ ETISH
PDF

Kalit so‘zlar

gelioissiqxona issiqlik nasosi quyosh suv kollektori issiqlik yuklamasi energiya samaradorligi matematik model issiqlik almashinuvi

Iqtibos keltirish tartibi

Uzoqov, G. N., Ibragimov, U. X., & Xusenov, A. A. (2026). GELIOISSIQXONADA ISSIQLIK NASOSI VA QUYOSH SUV KOLLEKTORIGA ASOSLANGAN KOMBINATSIYALASHGAN ISITISH TIZIMINING ISSIQLIK REJIMINI MODELLASHTIRISH VA TADQIQ ETISH. Muqobil Energetika, 23(2), 57-66. https://doi.org/10.70769/2181-284.ME.2(23).2026.5

Annotatsiya

Kirish. Gelioissiqxonalarda energiya sarfini kamaytirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish zamonaviy qishloq xo‘jaligining dolzarb muammolaridan biridir. Shu sababli issiqlik nasosi va quyosh suv kollektoriga asoslangan kombinatsiyalashgan isitish tizimlarining issiqlik rejimini tadqiq etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Usul va materiallar. Tadqiqotlarda foydali maydoni 50 m² bo‘lgan gelioissiqxona tanlanib, issiqlik yuklamasi konstruksiya, shamollatish, infiltratsiya, tuproq va transpiratsiya orqali yuzaga keladigan issiqlik yo‘qotilishlari asosida hisoblandi. Issiqlik almashinuvi jarayonlarini tavsiflash uchun energiya balansi tenglamalari tuzildi hamda orqaga Euler usuli yordamida diskret matematik model ishlab chiqildi.

Natijalar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 11.11.2024 sanasida quyosh energiyasi umumiy issiqlik yuklamasining 49,2% qismini qoplagan bo‘lsa, 11.02.2025 sanasida bu ko‘rsatkich 15,2% ni tashkil etdi. Gelioissiqxona ichki havosi harorati mavsumiy sharoitga bog‘liq ravishda -6,0℃ dan 30,7℃ gacha o‘zgargani aniqlandi. Qish mavsumida qo‘shimcha isitish tizimiga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortishi kuzatildi.

Xulosa. Kombinatsiyalashgan isitish tizimi quyosh energiyasi va tuproqning past potensialli issiqligidan samarali foydalanish hisobiga gelioissiqxonaning energiya samaradorligini oshirish hamda barqaror mikroiqlim rejimini ta’minlash imkonini beradi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Safarov A.B., Raxmatov O.I. Assessment of the technical and economic efficiency of autonomous solar greenhouses with even-span structures // Alternative Energy. – 2024. – Vol. 3, No. 14. – Pp. 9–16.

[2]. Davlonov Kh., Toshboev A., Sultanov S. The main heat-technical parameters of solar greenhouses in the southern climate of Uzbekistan // APEC-VI-2023. E3S Web of Conferences. – 2023. – Vol. 411. – Article 01038.

[3]. Вардияшвили А.А. Расчет энергосбережения при применении теплонасосной установки в гелиотеплицах // Альтернативная энергетика. – 2022. – № 4 (07). – С. 18–22.

[4]. Fatillayev S.Z., Ergashev Sh.H., Uzoqov Gʻ.N. Zamonaviy gelioissiqxonalarining statsionar rejimda issiqlik-energetik parametrlarini hisoblash natijalari // Innovatsion texnologiyalar. – 2023. – Vol. 52. – No. 4. – Pp. 22–27.

[5]. Abir Ahsan T.M., Shamim Ahamed M., Hassan A.A. Hybrid ground source heat pump for sustainable greenhouse climate control in hot and humid region // Sustainable Energy Technologies and Assessments. – 2025. – Vol. 83. – Article 104615. – DOI: 10.1016/j.seta.2025.104615.

[6]. Zhou B. et al. Smart energy supply for smart farms: A hybrid ground source heat pump in seasonal greenhouses for growing cherries // Smart Agricultural Technology. – 2026. – Vol. 13. – Article 101709. – DOI: 10.1016/j.atech.2025.101709.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Uzoqov, G'.N., Ibragimov, U.X., Xusenov, A.A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.