PV STRINGLARNI MPPT INVERTOR PARAMETRLARI BILAN MOSLASHTIRISH ORQALI QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYALARINING ENERGETIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH
PDF

Kalit so‘zlar

quyosh fotoelektr stansiyasi MPPT invertor PV string maksimal quvvat nuqtasi MPPT mismatch string konfiguratsiyasi energetik samaradorlik elektr energiyasi generatsiyasi fotoelektr modul

Iqtibos keltirish tartibi

Kulmatov, X. X. (2026). PV STRINGLARNI MPPT INVERTOR PARAMETRLARI BILAN MOSLASHTIRISH ORQALI QUYOSH FOTOELEKTR STANSIYALARINING ENERGETIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Muqobil Energetika, 23(2), 47-56. https://doi.org/10.70769/2181-284.ME.2(23).2026.4

Annotatsiya

Kirish. Maqolada PV string parametrlarini MPPT invertor ishchi zonasi bilan moslashtirishning quyosh fotoelektr stansiyalari energetik samaradorligiga ta’siri tadqiq etilgan. ASN-10SL Auxsol invertori asosidagi 10 kW stansiya va HUAWEI SUN2000-30KTL-M3 invertori asosidagi 30kW stansiya misolida MPPT mosligi va mismatch holatlari tahlil qilingan. Natijalar PV stringlarning real ishchi kuchlanishini invertor parametrlari bilan to‘g‘ri moslashtirish generatsiyani oshirishini ko‘rsatdi.

Usul va materiallar. Tadqiqot obyekti sifatida MPPT invertorlar bilan ishlovchi tarmoqqa ulangan quyosh fotoelektr stansiyalari tanlandi. Asosiy hisobiy misol 10kW stansiya uchun, qiyosiy tahlil esa 30 kW stansiya uchun bajarildi. Metodika invertor va PV modullar pasport ma’lumotlarini tahlil qilish, string kuchlanishini hisoblash, MPPT diapazoni bilan mosligini tekshirish, sutkalik generatsiya grafiklarini o‘rganish va potensial energiya yo‘qotishlarini baholashdan iborat bo‘ldi.

Natijalar 10kW stansiyada 10 ta paneldan iborat string uchun 364-392V ishchi kuchlanish diapazoni invertorning 380V nominal kirish kuchlanishiga mos kelib, MPPT nazoratining barqaror ishlashini va kunlik 70-82 kWh generatsiyani таъминлади. 30 kW stansiyada esa MPPT mismatch alomatlari aniqlanib, tadqiq etilgan davr учун 354.6kWh, ya’ni 23.68 % gacha generatsiya yo‘qotilishi baholandi. Bu holat 245 kunlik ekspluatatsiyaga ekstrapolyatsiya qilinganda taxminan 8.69MWh yillik yo‘qotishga teng bo‘lishi mumkin.

Xulosa. Quyosh fotoelektr stansiyalarining energetik samaradorligi nafaqat modullar quvvati va invertor FIKiga, balki PV stringlarning haqiqiy ishchi kuchlanishini MPPT invertor parametrlari bilan to‘g‘ri moslashtirishga ҳам боғлиқ. MPPT Voltage Range, Rated PV Input Voltage, harorat ta’siri va real ekspluatatsion parametrlarga e’tibor berish generatsiya yo‘qotishlarini kamaytiradi ва stansiyaning yillik iqtisodiy samaradorligini oshiradi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Специальный доклад МГЭИК по возобновляемым источникам энергии и смягчению воздействий на изменение климата. – Межправительственная группа экспертов по изменению климата (IPCC), 2011.

[2]. Аъзамов С.С. Анализ показателей качества электроэнергии, вырабатываемой солнечной фотоэлектрической системой // Universum: технические науки. – 2025. – № 11(140).

[3]. Alencon Systems. Learning: MPPT. – Alencon Systems.

[4]. Action Power Test. Photovoltaic MPPT. – Action Power Test.

[5]. Victron Energy. Which Solar Charge Controller: PWM or MPPT? – Victron Energy.

[6]. R-MPPT Solar Inverters vs PWM Solar Inverters: Which One Is Right for You? – UPS Inverter.

[7]. Huawei Technologies Co., Ltd. Huawei SUN2000-5KTL-L1 Datasheet. – 2025.

[8]. SOFAR Solar. SOFAR 5000TL-G3 Datasheet. – 2025.

[9]. Deye Inverter Technology Co., Ltd. Deye SUN-5K-SG04LP1-EU Datasheet. – 2025.

[10]. Huawei Technologies Co., Ltd. Huawei SUN2000-12/15/17/20/25KTL-M5 Datasheet. – 2025.

[11]. SOFAR Solar. SOFAR 25K~50KTLX-G3 Datasheet. – 2025.

[12]. Deye Inverter Technology Co., Ltd. Three Phase String Inverter Datasheet. – 2025.

[13]. Huawei Technologies Co., Ltd. Huawei SUN2000-100KTL-M2 Datasheet. – 2025.

[14]. SOFAR Solar. SOFAR 110K~125KTLX-G4 Datasheet. – 2025.

[15]. Deye Inverter Technology Co., Ltd. Deye SUN-70/75/80/90/100/110K-G03 Datasheet. – 2025.

[16]. Белова И.А. Фотоэлектрическая система генерирования на базе полупроводникового преобразователя с нейросетевой системой управления: дис. ... канд. техн. наук. – Новосибирск, 2022.

[17]. Bollipo R.B., Mikkili S., Bonthagorla P.K. Optimal, Intelligent and Classical PV MPPT Techniques: A Review // CSEE Journal of Power and Energy Systems. – 2021. – Vol. 7. – No. 1.

[18]. AUXSOL. Single Phase On-Grid Inverter Datasheet. – AUXSOL, 2025.

[19]. LP182×210-M-66-NB 610–630 W Solar Panel Datasheet. – ENF Solar, 2025.

[20]. Аль-Акайши Ахмед Саеед Абдулсада. Разработка методики выбора параметров и расположения солнечных электростанций на примере Республики Ирак: дис. ... канд. техн. наук. – Москва, 2023.

[21]. AuxsolCloud Monitoring System. – AUXSOL Cloud Platform.

[22]. mini DataWarehouse. – Информационно-аналитическая система мониторинга фотоэлектрических станций.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Kulmatov, X.X. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.