ISSIQXONALARNING KOMBINATSIYALASHGAN PIROLIZ QURILMALI ISITISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA PARAMETRLARINI ASOSLASH
PDF (inglizcha)

Kalit so‘zlar

kombinatsiyalashgan piroliz tizimi issiqxona isitish biomassa quyosh energiyasi pirogaz biochar issiqlik utilizatsiyasi muqobil yoqilg‘i energiya samaradorligi

Iqtibos keltirish tartibi

Toshboyev, A. R. (2026). ISSIQXONALARNING KOMBINATSIYALASHGAN PIROLIZ QURILMALI ISITISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA PARAMETRLARINI ASOSLASH. Muqobil Energetika, 22(1), 81-86. https://doi.org/10.70769/2181-2284.ME.1(22).2026.10

Annotatsiya

Zamonaviy issiqxona majmualarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxining katta qismi energiya sarfi bilan bog‘liq. Shu sababli muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanishga asoslangan energiya tejamkor issiqxona isitish tizimlarini ishlab chiqish muhim ilmiy-amaliy vazifa hisoblanadi. Mazkur tadqiqot piroliz jarayoniga asoslangan kombinatsiyalashgan issiqxona isitish tizimini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashga bag‘ishlangan.

Materiallar va usullar

Tadqiqotda kombinatsiyalashgan piroliz asosidagi issiqxona isitish tizimini yaratish uchun eksperimental tadqiqotlar hamda termodinamik tahlil usullari qo‘llanildi. Biomassa pirolizi, issiqlik almashinuvi va energiya oqimlari nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilindi.

Natijalar

Tadqiqot natijasida piroliz asosidagi kombinatsiyalashgan issiqxona isitish tizimi ishlab chiqildi va uning asosiy parametrlariga ilmiy asos berildi. Taklif etilgan tizim biomassa quritish, piroliz jarayonida piroliz gazi, suyuq yoqilg‘i va biochar ishlab chiqarish, shuningdek tutun gazlarining ikkilamchi issiqligidan samarali foydalanish imkonini beradi.

Xulosa

Taklif etilgan piroliz asosidagi kombinatsiyalashgan issiqxona isitish tizimi energiya samaradorligini oshiradi, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytiradi va muqobil yoqilg‘i ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Ushbu tizim issiqxonalarni barqaror issiqlik bilan ta’minlash, mahalliy biomassa resurslaridan samarali foydalanish hamda ekologik xavfsiz texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyatga ega.

PDF (inglizcha)

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Узаков Г.Н., Давланов Х.А., Тошмаматов Б.М. Энергоэффективные системы и технологии с исползованием альтернативных источников энергии // Альтернативная энергетика. Научно – технический журнал. -2021. -№1. - с. 7-20.

[2]. Uzakov G.N. et al. 2025. Development of a hybrid pyrolysis device and justification of energy efficiency. E3S Web of Conferences 623, 03012

[3]. Toshmamatov B.M., Uzboev M.D., Mamatova M.Sh. Analysis Of Thermal And Technical Parameters Of Alternative Fuels Obtained From Biomass Pyrolysis. American Journal of Applied Science and Technology. Vol.05 Issue 12 2025. 161-166 pp.

[4]. Raxmatov O.I. Quyosh qurilmali va issiqlik nasosli avtonom issiqxonani issiqlik balansini tadqiq qilish // Muqobil energetika. – 2025. №1. 31-39 b.

[5]. Toshmamatov B.M. Uzboev M.D. Analysis of technologies and devices for burning alternative biomass-derived fuels. International Journal of Science and Technology, Volume 03, Issue 02. 2026, PP. 13–17.

[6]. Holmgren K.M., Andersson E., Berntsson T., Rydberg T. Gasification-based methanol production from biomass in industrial clusters: characterisation of energy balances and greenhouse gas emissions. // Energy. - 2014. – 69. – pp. 622–637.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Toshboyev, A.R. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.