PAST HARORATLI GIDRONIK ISSIQ POL TIZIMLARINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY ENERGIYA SAMARADOR KONSTRUKTIV YECHIMLARI
PDF

Kalit so‘zlar

suvli issiq pol tizimi isitish samaradorligi issiqlik oqimi hisobiy baholash past haroratli isitish energiya tejamkorlik

Iqtibos keltirish tartibi

Xamrayev, S. I., Kamolov, B. I., & Qaxromonov, R. A. (2026). PAST HARORATLI GIDRONIK ISSIQ POL TIZIMLARINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY ENERGIYA SAMARADOR KONSTRUKTIV YECHIMLARI . Muqobil Energetika, 22(1), 65-73. https://doi.org/10.70769/2181-2284.ME.1(22).2026.8

Annotatsiya

Uy-joy va jamoat binolarida energiya iste’molining asosiy qismi isitish tizimlariga to‘g‘ri keladi. An’anaviy radiatorli isitish tizimlarida yuqori haroratli issiqlik tashuvchilardan foydalanish issiqlik yo‘qotishlarini oshiradi va energiya samaradorligini pasaytiradi. Shu sababli past haroratli suvli issiq pol tizimlarini qo‘llash energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda issiqlik qulayligini oshirish nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi. Mazkur tadqiqot suvli issiq pol tizimlarining isitish samaradorligini hisobiy baholashga bag‘ishlangan.

Materiallar va usullar

Tadqiqotda suvli issiq pol tizimining energiya samaradorligini baholash uchun energiya balansi tenglamalari va issiqlik uzatish qonunlariga asoslangan hisobiy-tahliliy usullar qo‘llanildi. Issiqlik tashuvchining berish harorati hamda pol konstruksiyasi orqali uzatiladigan issiqlik oqimlari matematik model asosida hisoblandi. Hisoblashlarda issiqlik o‘tkazuvchanlik, konvektiv va radiatsion issiqlik almashinuvi jarayonlari inobatga olindi.

Natijalar

Hisoblash natijalari issiqlik tashuvchining berish harorati ortishi bilan suvli issiq pol tizimi orqali uzatiladigan issiqlik oqimi deyarli chiziqli qonuniyat asosida oshishini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, past haroratli ish rejimlarida ham talab etilgan issiqlik quvvatiga yuqori energiya samaradorligi bilan erishish mumkinligi aniqlandi.

Xulosa

O‘tkazilgan hisobiy tahlillar suvli issiq pol tizimlarini past haroratli va energiya tejamkor isitish texnologiyasi sifatida qo‘llash maqsadga muvofiqligini tasdiqladi. Taklif etilgan hisoblash usuli bunday tizimlarni loyihalash va optimal ish rejimlarini tanlashda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, energiya resurslarini tejash hamda binolarning energetik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Duffie J.A., Beckman W.A. Solar Engineering of Thermal Processes. – 4th ed. – Hoboken: John

Wiley & Sons, 2013. – 928 p.

[2]. Incropera F.P., DeWitt D.P., Bergman T.L., Lavine A.S. Fundamentals of Heat and Mass

Transfer. – 7th ed. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2011. – 1072 p.

[3]. ASHRAE. ASHRAE Handbook: HVAC Systems and Equipment. – Atlanta: American Society

of Heating, Refrigerating and Air-Conditioning Engineers (ASHRAE), 2020.

[4]. EN 1264-2:2021. Water Based Surface Embedded Heating and Cooling Systems – Part 2: Floor

Heating. – Brussels: European Committee for Standardization (CEN), 2021.

[5]. ISO 11855-1:2021. Building Environment Design – Embedded Radiant Heating and Cooling

Systems – Part 1. – Geneva: International Organization for Standardization (ISO), 2021.

[6]. Olesen B.W. Radiant floor heating in theory and practice // ASHRAE Journal. – 2002. – Vol.

44, No. 7. – P. 19–26.

[7]. Zalba B., Marín J.M., Cabeza L.F., Mehling H. Review on thermal energy storage with phase

change materials and applications // Applied Thermal Engineering. – 2003. – Vol. 23, No. 3. –

P. 251–283.

[8]. Khamraev S.I. Study of the combined solar heating system of residential houses // BIO Web of

Conferences. – 2023. – Vol. 71. – Article 02017.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Xamrayev, S.I., Kamolov, B.I., Qaxromonov, R.A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.