Annotatsiya
Mazkur tadqiqot yuqori haroratlarda ishlovchi geliopiroliz reaktorlarida qabul qiluvchi qismning qizib ketishini oldini olish va issiqlik almashinuvini kuchaytirish muammolariga bag‘ishlangan. Parabolik quyosh konsentratorlari asosida ishlovchi geliopiroliz reaktorlarida qabul qiluvchi qismni himoyalash hamda issiqlik uzatilishini yaxshilash usullari o‘rganildi.
Materiallar va usullarTadqiqotda parabolik konsentratorli geliopiroliz reaktorlarining ishlash sharoitlari nazariy va eksperimental usullar yordamida tahlil qilindi. Hisoblashlar termodinamika va issiqlik uzatish tenglamalariga asoslanib bajarildi. Qabul qiluvchi qismni himoyalash uchun turli materiallarning issiqlik-fizik xossalari va yuqori haroratga chidamliligi baholandi.
NatijalarUch yillik ekspluatatsiya natijalari shuni ko‘rsatdiki, reaktorning qabul qiluvchi qismida materialning termik yemirilishi sodir bo‘lib, 0,3–2,3 mm chuqurlikdagi notekisliklar hosil bo‘lgan. Himoya materiali sifatida past issiqlik o‘tkazuvchanligi, yuqori issiqlikka chidamliligi va oksidlanishga barqarorligi bilan ajralib turuvchi grafit materiali tanlandi.
XulosaTaklif etilgan grafit qoplama geliopiroliz reaktorining qabul qiluvchi qismini yuqori harorat ta’siridan samarali himoya qiladi, issiqlik almashinuvini yaxshilaydi, qurilmaning ishonchliligini oshiradi hamda uning xizmat muddatini uzaytiradi.
Adabiyotlar ro‘yxati
[1]. Кашин Д.С., Дергачева П.Е., Стехов П.А. Жаростойкие покрытия, наносимые шликерным методом // Защитные и функциональные покрытия. – 2018. – С. 45–58.
[2]. Жаростойкие покрытия для защиты конструкционных материалов: труды 7-го Всесоюзного совещания по жаростойким покрытиям (г. Калинин, 20–23 мая 1975 г.). – Л.: Наука, 1977. – 311 с.
[3]. Якубов С.И., Умидиллаев Дж.Х., Бузруков Р.И., Турдиев М.Ш. К вопросу теплопередачи двухслойного гелиопиролизного реактора // Материалы IV Международной научной конференции. – Ташкент: Ташкентский филиал РГУ нефти и газа им. И.М. Губкина, 2025. – С. 415.
[4]. Пашков Е.И., Пермяков М.Б., Краснова Т.В. Защита теплотехнических агрегатов в агрессивной высокотемпературной среде строительными теплоизоляционными материалами // Вестник Евразийской науки. – 2021. – № 2.
[5]. Кошкин В.К. и др. Нестационарный теплообмен. – Л.: Машиностроение, 1973. – 328 с.
[6]. Михеенков Е.Л. Основы теории теплообмена. – Самара: Самарский государственный аэрокосмический университет им. С.П. Королева, 2007. – 96 с.
[7]. Рахматов О.И., Абдурахмонова Н.К. Расчёт теплового баланса гелиотеплицы // Muqobil Energetika. – 2024. – № 1. – С. 45–52.
[8]. Презентация проектов, направленных на обеспечение экологической устойчивости Узбекистана [Электронный ресурс] // President.uz. – 21.10.2024. – Режим доступа: https://president.uz
[9]. Матвеев П.В., Будиновский С.А., Мубояджян С.А. Защитные жаростойкие покрытия для сплавов на основе интерметаллидов никеля // Авиационные материалы и технологии. – 2013. – № S2. – С. 39–43.
[10]. Майорова И.А. Математическое моделирование процесса теплопереноса и оптимизации конструкции многослойного теплозащитного покрытия // Авиационные материалы и технологии. – 2013. – № S2. – С. 17–23.
[11]. Вахидов Э.А., Нуркулов Ф.Н., Саидов А.Х., Нарзуллаева А.М. Приготовление алюмофосфатных клеев и их спектральные и термические анализы // Universum: Технические науки. – 2024. – № 2(119).

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Uzoqov, G'.N., Yakubov, S.I., Umidillayev, J.H., Turdiev, M.S., Evstafeyev, E.A. (Muallif)