PV/T MODULINING ISSIQLIK-GIDRODINAMIK JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH
PDF

Kalit so‘zlar

fotoelektr modul PV/T tizimi membranali distillatsiya nanosuyuqlik Al2O3/H2O panel tozalash distillyat suv COMSOL Multiphysics dasturi issiqlik almashinuvi energiya samaradorligi

Iqtibos keltirish tartibi

Toshmamatov, B. M., & Annayev, A. (2026). PV/T MODULINING ISSIQLIK-GIDRODINAMIK JARAYONLARINI MODELLASHTIRISH. Muqobil Energetika, 24(03), 109-115. https://doi.org/10.70769/2181-2284.ME.3(24).2026.14

Annotatsiya

Annotatsiya. Kirish. Quruq va changlanish darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda fotoelektr modullar yuzasida chang qatlamining to‘planishi quyosh nurlanishining faol qatlamga yetib borishini cheklab, elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini pasaytiradi. Shu bilan birga, PV panellarini ortiqcha qizib ketishdan saqlash, chang va boshqa zarrachalardan muntazam tozalash uchun chuchuk suv resurslarining cheklanganligi muhim ekspluatatsion muammolardan biri hisoblanadi.

Usul va materiallar. Mazkur tadqiqot ishida PV modulni Al2O3/H2O nanosuyuqligi yordamida sovitish orqali olingan past potensialli issiqlikdan membranali distillatsiyada sho‘r yoki mineralizatsiyalangan suvni tuzsizlantirish hamda hosil qilingan distillyatdan PV panellarni adaptiv tozalash tizimida foydalanishga asoslangan integrallashgan PV/T-MD tizimi ishlab chiqildi. PV/T modulining uchta parallel nanosuyuqlik kanaliga ega 3D modeli COMSOL Multiphysics dasturida chekli elementlar usuli asosida modellashtirildi.

Natijalar. Sonli modellashtirish natijasida PV/T modulida harorat 297-320 K, nanosuyuqlik oqim tezligi 0,060-0,103 m/s oralig‘ida o‘zgarishi aniqlandi. Parallel kanallardagi maksimal gidravlik bosim yo‘qotilishi 13,1 Pa ni tashkil qilgan.

Xulosa. Taklif etilgan PV/T-MD tizimi PV modulni sovitish, past potensialli issiqlikdan qayta foydalanish, sho‘r suvdan texnik toza distillyat olish va ushbu suvdan panellarni changdan avtonom tozalashda foydalanish jarayonlarini yagona texnologik konturda birlashtirish imkonini beradi. Tizim quruq, issiq va suv tanqis hududlardagi fotoelektr stansiyalar uchun istiqbolli energiya va resurs tejamkor yechim hisoblanadi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Abdel-Aziz M.M., ElBahloul A.A. Innovations in improving photovoltaic efficiency: a review of performance enhancement techniques // Energy Conversion and Management. - 2025. - Vol. 327. - Art. 119589.

[2]. Tembhare S.P., Barai D.P., Bhanvase B.A. Performance evaluation of nanofluids in solar thermal and solar photovoltaic systems: a comprehensive review // Renewable and Sustainable Energy Reviews. - 2022. - Vol. 153. -Art. 111738.

[3]. Togun H., Basem A.A.H., Kadhum A.M., Abed A.M., Biswas N., Rashid F.L., Tawaq H.M., Ali A.H., Mohammed H.I., Mandal D.K. Advancing photovoltaic thermal (PV/T) systems: innovative cooling technique, thermal management, and future prospects // Solar Energy. - 2025. -Vol. 291. - Art. 113402.

[4]. Xiao Y., Huang P., Wei G., Cui L., Xu C., Du X. State-of-the-art review on performance enhancement of photovoltaic/thermal system integrated with phase change materials // Journal of Energy Storage. - 2022. - Vol. 56. - Art. 106073.

[5]. Alao K.I., Gilani S.I.U.H., Sopian K., Alao T.O., Aslam Z. A comprehensive review of radiative cooling technologies and their integration with photovoltaic (PV) systems: challenges, opportunities, and future directions // Solar Energy. - 2025. - Vol. 292. - Art. 113445.

[6]. Shaalan Z.A., Hussein A.M., Abdullah M.Z. Numerical-experimental study to improve photovoltaic panel cooling by using hybrid ZnO/Al₂O₃ nanofluids // Case Studies in Thermal Engineering. - 2025. -Vol. 70. -Art. 106053.

[7]. Wang N., Chu S., Cheng C., Zhang H., Chen H., Gao D. Performance research and multi-objective optimization of concentrating photovoltaic/thermal coupled air source heat pump heating system // Energy. - 2024. - Vol. 296. - Art. 131008.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Toshmamatov, B., Annayev, A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.