Annotatsiya
Annotatsiya. Kirish. Issiqxonalarda yil davomida maqbul mikroiqlim sharoitlarini ta’minlash katta miqdorda issiqlik energiyasi sarfini talab qiladi. Ayniqsa, tashqi havo harorati pasayadigan davrlarda issiqxona konstruksiyasi orqali issiqlik yo‘qotishlarining ortishi issiqlik ta’minoti tizimining energiya sarfini oshiradi.
Usul va materiallar. Tadqiqot ishida 5×4 m o‘lchamdagi issiqxona uchun tuproq ostida joylashtiriladigan issiqlik almashinuv qurilmasining konstruktiv sxemasi ishlab chiqildi.
Natijalar. Taklif etilayotgan tizimda issiqxonaning yuqori qismida to‘planadigan ortiqcha issiqlikdan foydalanib, uni tuproq ostidagi issiqlik akkumulyatoriga uzatish imkoniyati yaratildi. Tizimning ikki rejimda - issiqlikni akkumulyatsiya qilish va akkumulyatsiyalangan issiqlikni issiqxonaga qaytarish rejimlarida ishlashi ko‘zda tutilgan.
Xulosa. Taklif etilgan issiqlik almashinuv qurilmasining konstruksiyasi issiqxona ichidagi ortiqcha issiq havoni tuproqqa uzatish va keyinchalik akkumulyatsiyalangan issiqlikni issiqxonaga qaytarishga mo‘ljallangan.
Adabiyotlar ro‘yxati
[1]. Gauthier C., Lacroix M., Bernier H. Numerical simulation of soil heat exchanger-storage systems for greenhouses // Solar Energy. - 1997. - Vol. 60, No. 6. - P. 333-346.
[2]. Xu J., Li Y., Wang R.Z., Liu W. Performance investigation of a solar heating system with underground seasonal energy storage for greenhouse application // Energy. - 2014. - Vol. 67. - P. 63-73.
[3]. Zhang L., Xu P., Mao J., Tang X., Li Z., Shi J. A low cost seasonal solar soil heat storage system for greenhouse heating: Design and pilot study // Applied Energy. - 2015. - Vol. 156. -P. 213-222.
[4]. Vadiee A., Martin V. Thermal energy storage strategies for effective closed greenhouse design // Applied Energy. -2013. - Vol. 109. - P. 337-343.
[5]. Bouadila S., Lazaar M., Skouri S., Kooli S., Farhat A. Assessment of the greenhouse climate with a new packed-bed solar air heater at night, in Tunisia // Renewable and Sustainable Energy Reviews. - 2014. - Vol. 35. - P. 31-41.
[6]. Attar I., Naili N., Khalifa N., Hazami M., Farhat A. Parametric and numerical study of a solar system for heating a greenhouse equipped with a buried exchanger // Energy Conversion and Management. - 2013. - Vol. 70. - P. 163-173.
[7]. Harjunowibowo D. Experimental investigation of a ground-source heat pump system for greenhouse heating–cooling // International Journal of Low-Carbon Technologies. - 2021. - Vol. 16, No. 4. - P. 1529-1541.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Yaxshiboyev, S. K., Abduraximov, J.T. (Muallif)