O‘ZGARUVCHAN SUV OQIMI REJIMLARIDA GIDROTURBINANING GIDRODINAMIK PARAMETRLARINI OPTIMALLASHTIRISH VA GIDRAVLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH
PDF
PDF

Kalit so‘zlar

ko‘ndalang oqimli gidroturbina parrak shakli gidravlik samaradorlik ichki oqim CFD mikro gidroenergetika

Iqtibos keltirish tartibi

Safarov, A. B., Pirimov, R. R., Nematov, B. N., & Choriyev, A. I. (2026). O‘ZGARUVCHAN SUV OQIMI REJIMLARIDA GIDROTURBINANING GIDRODINAMIK PARAMETRLARINI OPTIMALLASHTIRISH VA GIDRAVLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISH. Muqobil Energetika, 24(03), 40-50. https://doi.org/10.70769/2181-2284.ME.3(24).2026.4

Annotatsiya

Annotatsiya. Kirish. Jahonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish, ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda mikro gidroelektr stansiyalarining samaradorligini oshirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Kichik napor va o‘zgaruvchan ish rejimlarida keng qo‘llaniladigan ko‘ndalang oqimli (Banki) gidroturbinalarning energiya samaradorligini oshirishda parrak shakli geometriyasini takomillashtirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Usullar va materiallar. Tadqiqotda ko‘ndalang oqimli gidroturbinaning tekis, yumaloq, o‘tkir va aerodinamik parrak shakllari ANSYS Fluent dasturida ikki o‘lchamli (2D) Hisoblash Suyuqliklar Dinamikasi (CFD) usuli yordamida modellashtirildi. Oqimning ajralishi, qayta aylanishi va turbulentlik hodisalarini aniqlash uchun Shear Stress Transport (SST) k–ω turbulensiya modeli qo‘llanildi. Hisoblashlar 10 m doimiy napor sharoitida ishchi g‘ildirakning 270-940 rpmaylanish tezliklari oralig‘ida bajarildi hamda aylantiruvchi moment, gidravlik foydali ish koeffitsiyenti, suvning hajm ulushi, bosim taqsimoti va tezlik maydoni tahlil qilindi.

Natijalar. Hisoblash natijalari aerodinamik parrak shaklining boshqa konfiguratsiyalarga nisbatan yuqori gidravlik samaradorlikni ta’minlashini ko‘rsatdi. Ishchi g‘ildirakning 800 rpmaylanish tezligida maksimal foydali ish koeffitsiyenti 83,5 % ga erishildi. Oqimning parrak yuzasiga yaxshiroq yopishishi, girdoblarning kamayishi va chiqish qismidagi bosim yo‘qotishlarining pasayishi samaradorlikning oshishiga sabab bo‘ldi. O‘tkir parrak shakli ma’lum optimal aylanish tezliklari oralig‘ida yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa, tekis va yumaloq parraklarda turbulentlik hamda qayta aylanish zonalari sezilarli darajada ortishi kuzatildi.

Xulosa. Tadqiqot natijalari ko‘ndalang oqimli gidroturbinalarning gidravlik samaradorligi parrak shakli geometriyasiga bevosita bog'liqligini ko‘rsatdi. Aerodinamik shakl oqim beqarorligini kamaytirib, energiyaning ikki bosqichli almashinuvi jarayonida yuqori samaradorlikni ta’minlashi aniqlandi. CFD modellashtirish usuli Banki gidroturbinalarini loyihalash va optimallashtirishda ishonchli vosita ekanligi tasdiqlandi hamda olingan natijalar mikro gidroelektr stansiyalarida qo‘llaniladigan yuqori samaradorlikka ega gidroturbinalarni yaratish uchun muhim ilmiy-amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.

PDF
PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. International Energy Agency (IEA). Access to Electricity [Elektron resurs]. - Paris, France. - URL: http://www.iea.org/weo/electricity.asp

[2]. The High-Level Political Forum. Goals Energy Action [Elektron resurs]. - URL: https://hlpf.un.org/.

[3]. Eludoyin E.O. The Nature of Sustainable Energy Access Transitions: Realities and Possibilities for Lagos, Nigeria: Ph.D. Thesis. – London: UCL Energy Institute, University College London, 2018. - 421 p. - URL: http://discovery.ucl.ac.uk/10057177/7/Eludoyin_10057177_thesis_redacted_photo.pdf

[4]. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-maydagi “Gidroenergetika sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori [Elektron resurs]. - URL: https://lex.uz/ru/docs/8168754.

[5]. Kaunda C. Energy situation, potential and application status of small-scale hydropower systems in Malawi // Renewable and Sustainable Energy Reviews. - 2013. -Vol. 26. -P. 1-19. - DOI: 10.1016/j.rser.2013.05.034.

[6]. Sammartano V., Aricò C., Carravetta A., Fecarotta O., Tucciarelli T. Banki-Michell optimal design by computational fluid dynamic testing and hydrodynamic analysis // Energies. - 2013. -Vol. 6, No. 5. - P. 2362–2385. - DOI: 10.3390/en6052362.

[7]. Adhikari R., Wood D. The design of high efficiency crossflow hydro turbines: A review and extension // Energies. - 2018. - Vol. 11, No. 2. - Art. 267. - DOI: 10.3390/en11020267.

[8]. Assefa E.Y., Tesfay A.H. Effect of blade number on internal flow and performance characteristics in low-head cross-flow turbines // Energies. - 2025. - Vol. 18, No. 2. - Art. 318. – DOI: 10.3390/en18020318.

[9]. Guo Q., Zhou L., Wang Z. Numerical evaluation of the clearance geometries effect on the flow field and performance of a hydrofoil // Renewable Energy. - 2016. -Vol. 99. - P. 390-397. - DOI: 10.1016/j.renene.2016.06.064.

[10]. Desai V.R., Aziz N.M. An experimental investigation of cross-flow turbine efficiency // Journal of Fluids Engineering. - 1994. - Vol. 116. - P. 545-550. - DOI: 10.1115/1.2910311.

[11]. Sinagra M., Picone C., Aricò C., Pantano A., Tucciarelli T., Hannachi M., Driss Z. Impeller optimization in crossflow hydraulic turbines // Water. - 2021. - Vol. 13, No. 3. - Art. 313. - DOI: 10.3390/w13030313.

[12]. Phillips T.S., Roy C.J. Richardson extrapolation-based discretization uncertainty estimation for computational fluid dynamics // Journal of Fluids Engineering. - 2014. - Vol. 136, No. 12. - Art. 121401. - DOI: 10.1115/1.4027353.

[13]. Javaherchi T., Stelzenmuller N., Seydel J., Aliseda A. Experimental and numerical analysis of a scale-model horizontal axis hydrokinetic turbine // Proceedings of the 2nd Marine Energy Technology Symposium (METS2014). - Seattle, WA, USA, 15-18 April 2014.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Safarov, A.B., Pirimov, R.R., Nematov, B.N., Choriyev, A.I. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.