Annotatsiya
Annotatsiya. Kirish. Ekologik maqbul va resurslardan samarali foydalanishga asoslangan yoqilg‘i texnologiyalariga bo‘lgan talabning ortib borishi biomassa pirolizi mahsulotlari asosida muqobil “suv-ko‘mir” yoqilg‘ilarini ishlab chiqishning dolzarbligini oshirmoqda.
Materiallar va usullar. Mazkur tadqiqot ishida biomassa xomashyosini foydali piroliz mahsulotlariga aylantirish bilan bir vaqtda muqobil “suv-ko‘mir” yoqilg‘isini tayyorlash va yoqishga mo‘ljallangan qurilmaning moddiy balansi aniqlandi.
Natijalar. Tajriba jarayonida g‘o‘zapoya qipig‘i va yog‘och qipig‘i 500-550 °C haroratda piroliz qilindi. Hajmi 0,196 m3 bo‘lgan reaktorda 26 kg g‘o‘zapoya qipig‘idan 6,4 kg piroliz gazi, 9,2 kg piroliz suyuqligi va 9,6 kg piroliz ko‘miri olindi, moddiy yo‘qotish 0,8 kg ni tashkil etdi. 30 kg yog‘och qipig‘i qayta ishlanganda esa mos ravishda 7,8 kg piroliz gazi, 10,4 kg piroliz suyuqligi va 11,2 kg piroliz ko‘miri olindi, moddiy yo‘qotish 0,6 kg ni tashkil etdi.
Xulosa. Olingan natijalar taklif etilgan qurilma biomassani samarali qayta ishlash hamda hosil bo‘lgan piroliz mahsulotlaridan muqobil “suv-ko‘mir” yoqilg‘isini tayyorlashda qayta foydalanish imkonini berishini ko‘rsatdi.
Adabiyotlar ro‘yxati
[1]. Toshmamatov B.M., Uzboev M.D., Mamatova M. Development of a Method for Obtaining Energy-Efficient Water-Coal Fuel Based on Biomass Pyrolysis Products // Muqobil energetika. - 2025. - Vol. 4, No. 21. - P. 38-44.
[2]. Toshmamatov B.M., Uzboev M.D., Toshboev A.R. FTIR Analysis of Coal-Water Alternative Fuel // Muqobil energetika. - 2025. - Vol. 4, No. 21. - P. 45-48.
[3]. Uzboyev M.D., Davlonov X.A., Toshmamatov B.M. Suv-ko‘mir yoqilg‘isini tayyorlash texnologiyasi va uning takomillashtirish usullari tahlili // Muqobil energetika - 2025. - Vol. 3, No. 19. - P. 174-179.
[4]. Toshmamatov B.M., Uzboev M.D., Mamatova M.Sh. Analysis of Thermal and Technical Parameters of Alternative Fuels Obtained from Biomass Pyrolysis // American Journal of Applied Science and Technology. - 2025. - Vol. 5, No. 12. - P. 161-166.
[5]. Toshmamatov B.M., Uzboev M.D. Analysis of Technologies and Devices for Burning Alternative Biomass-Derived Fuels // International Journal of Science and Technology. - 2026. - Vol. 3, No. 2. - P. 13-17.

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.
Mualliflik huquqi (c) 2026 Uzoqov, G. N., Uzboyev, M. D. (Muallif)