TASHQI YUZASI SUV BILAN SOVITILUVCHI QUYOSH FOTOELEKTRIK MODULIDA ISSIQLIK ALMASHXUV JARAYONLARINI SONLI MODELLASHTIRISH
PDF

Kalit so‘zlar

quyosh fotoelektrik moduli suv bilan sovitish issiqlik almashinuvi energiya balansi elektr samaradorlik

Iqtibos keltirish tartibi

Ibragimov, U. X., & Xolmatov, F. T. (2026). TASHQI YUZASI SUV BILAN SOVITILUVCHI QUYOSH FOTOELEKTRIK MODULIDA ISSIQLIK ALMASHXUV JARAYONLARINI SONLI MODELLASHTIRISH. Muqobil Energetika, 22(1), 9-13. https://doi.org/10.70769/2181-2284.ME.1(22).2026.1

Annotatsiya

Quyosh fotoelektr modullarining elektr samaradorligi modul yuzasi haroratiga bevosita bog‘liq bo‘lib, haroratning oshishi elektr quvvati ishlab chiqarishning kamayishiga olib keladi. Shu sababli fotoelektr modullarini suv bilan sovitish orqali issiqlik almashinuvini kuchaytirish dolzarb ilmiy va amaliy masalalardan biri hisoblanadi.

Materiallar va usullar

Tadqiqotda tashqi yuzasi suv bilan sovitiladigan quyosh fotoelektr moduli uchun issiqlik almashinuv jarayonlarini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqildi. Model energiya balansi tenglamalariga asoslanib tuzildi hamda issiqlik uzatish jarayonlarini baholash uchun sonli modellashtirish usullari qo‘llanildi.

Natijalar

Hisoblash natijalari shuni ko‘rsatdiki, suv sarfi 0,01–0,05 kg/s gacha oshirilganda sovituvchi suv harorati 5–8 °C ga kamayadi va modul harorati 40–60 soniya ichida barqarorlashadi. Suv sarfi 0,005 kg/s dan 0,02 kg/s gacha oshirilganda fotoelektr modulining elektr samaradorligi 2,0–2,5 % ga ortishi aniqlandi.

Xulosa

Quyosh fotoelektr modullarini suv bilan sovitish modul haroratini samarali pasaytiradi va elektr energiyasi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Taklif etilgan yondashuv fotoelektr stansiyalarining energetik samaradorligini oshirish hamda ularning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash uchun istiqbolli yechim hisoblanadi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1]. Hachicha A.A., Ghenai C., Hamid A.K. Enhancing the performance of a photovoltaic module using different cooling methods // International Journal of Energy and Power Engineering. – 2015. – Vol. 9. – P. 1106–1109.

[2]. Moharram K.A., Abd-Elhady M.S., Kandil H.A., El-Sherif H. Enhancing the performance of photovoltaic panels by water cooling // Ain Shams Engineering Journal. – 2013. – Vol. 4. – P. 869–877.

[3]. Zilli B.M., Lenz A.M., de Souza S.N.M., Secco D., Nogueira C.E.C., Junior O.H.A., Nadaleti W.C., Siqueira J.A.C., Gurgacz F. Performance and effect of water-cooling on a microgeneration system of photovoltaic solar energy in Paraná, Brazil // Journal of Cleaner Production. – 2018. – Vol. 192. – P. 477–485.

[4]. Raad H., Ali S., Faraj J., Castelain C., Chahine Kh., Khaled M. Enhancing photovoltaic performance through water-based cooling: A comprehensive review of passive and active techniques // Applied Thermal Engineering. – 2026. – Vol. 283. – Article 128943.

[5]. Wibowo S., Arifin Z., Rachmanto R.A., Himawanto D.A., Prasetyo S.D. Optimization of photovoltaic performance using a water spray cooling system with different nozzle types // International Journal of Computational Methods and Experimental Measurements. – 2024. – Vol. 12, No. 1. – P. 9–19.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Ibragimov, U.X., Xolmatov, F.T. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.