<b>KAM BOG‘LANGAN GRUNT </b><b>О</b><b>‘ZANLI KANALLARDA </b><b>О</b><b>‘ZAN DEFORMATSIYASINI PROGNOZLASH UCHUN </b><b>OQIM </b><b>TASHUVCHANLIK QOBILIYATI USULLARINING QIYOSIY TAHLILI</b>
PDF

Kalit so‘zlar

kam bog‘langan grunt o‘zanli kanallar o‘zan deformatsiyasi oqim tashuvchanlik qobiliyati oqiziq transporti formulalari HEC-RAS gidravlik modellashtirish irrigatsiya kanallari

Iqtibos keltirish tartibi

Xazratov, A. N., & Abduahadov, S. A. (2026). KAM BOG‘LANGAN GRUNT О‘ZANLI KANALLARDA О‘ZAN DEFORMATSIYASINI PROGNOZLASH UCHUN OQIM TASHUVCHANLIK QOBILIYATI USULLARINING QIYOSIY TAHLILI. Innovatsion Texnologiyalar, 62(2), 127-136. https://doi.org/10.70769/2181-4732.ITJ.2026-2.17

Annotatsiya

Kam bog‘langan grunt o‘zanli irrigatsiya kanallarida o‘zan deformatsiyasini ishonchli prognozlash kanallarni gidravlik hisoblash, rekonstruksiya qilish hamda texnik jihatdan ishonchli ekspluatatsiya qilishning muhim shartlaridan biridir. Biroq oqim tarkibida muallaq oqiziqlar bilan bir qatorda kam miqdordagi bog‘langan zarrachalarning mavjudligi an’anaviy oqim tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usullarini qo‘llashni murakkablashtiradi. Mazkur tadqiqotda Ackers–White, Engelund–Hansen, Yang va Laursen–Copeland oqim tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usullarining kam bog‘langan grunt o‘zanli kanallarda o‘zan deformatsiyasini prognozlashdagi qo‘llanish imkoniyatlari HEC-RAS gidravlik modeli yordamida qiyosiy baholandi. Tadqiqot obyekti sifatida Amu–Buxoro mashina kanali tanlanib,                  2023-yilda tabiiy-dala sharoitida o‘lchangan gidravlik va oqiziq parametrlaridan modelni qurish hamda tekshirishda foydalanildi. Modellashtirish natijalari kanalning kuzatilgan o‘zan deformatsiyasi va ekspluatatsion loyqa bosishi ma’lumotlari bilan taqqoslandi. Tadqiqot natijalari qo‘llanilgan usullar o‘zan deformatsiyasini sezilarli darajada turlicha baholashini ko‘rsatdi. Ackers–White, Yang va Engelund–Hansen usullari deformatsiya hajmini nisbatan yuqori baholagan bo‘lsa, Laursen–Copeland usuli tabiiy kuzatuv natijalariga eng yaqin qiymatlarni berdi. Tadqiq qilingan 2,4 km uzunlikdagi kanal uchastkasi uchun ushbu usul bo‘yicha qayta modellashtirish natijasida umumiy deformatsiya hajmi 39 091 m3 yoki 16 288 m3/km ni tashkil etdi, bu esa ekspluatatsion kuzatuvlarda aniqlangan 11 277 m3/km o‘rtacha loyqa bosishi qiymatiga eng yaqin natija bo‘ldi. Tadqiqot natijalari tabiiy-dala kuzatuvlari va HEC-RAS gidravlik modellashtirishni birgalikda qo‘llash kam bog‘langan grunt o‘zanli irrigatsiya kanallarida o‘zan deformatsiyasini prognozlash uchun oqim tashuvchanlik qobiliyatini hisoblash usullarini tanlashda ishonchli yondashuv ekanligini ko‘rsatdi.

PDF

Adabiyotlar ro‘yxati

[1] Arifjanov, A. and Fatxullaev, A., 2019, December. Natural Studies for Forming Stable Channel Sections. In Journal of Physics: Conference Series (Vol. 1425, No. 1, p. 012025). IOP Publishing.

[2] Eshev, S., Latipov, S., Qurbonov, A., Sagdiyev, J., Berdiev, M. and Mamatov, N., 2021, January. Non-eroding speed of water flow of channels running in cohesive soils. In IOP Conference Series: Materials Science and Engineering (Vol. 1030, No. 1, p. 012131). IOP Publishing.

[3] Khazratov, A., & Rakhmatov, M. (2024). PROBLEMS OF HYDRAULIC CALCULATION OF EARTHEN CHANNELS. Innovatsion texnologiyalar, 54(02).

[4] Eshev, S. S., Xazratov, A. N., Gʻayimnazarov, I. X., & Jumayev, A. R. O. G. L. (2023). QASHQADARYO VILOYATIDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(12), 406-414.

[5] Arifjanov, A., Samiev, L., Apakhodjaeva, T. and Akmalov, S., 2019, December. Distribution of river sediment in channels. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 403, No. 1, p. 012153). IOP Publishing.

[6] Arifjanov, A., Samiyev, L., Akhmedov, I. and Atakulov, D., 2021. Innovative technologies in the assessment of accumulation and erosion processes in the channels. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education, 12(4), pp.110-114.

[7] Khazratov, A. N., Axmadjon о‘g‘li S. A., & Sobirov, F. C. (2026). Channel Deformation Processes in the Amu–Bukhara Machine Canal. American Journal of Technology Advancement, 3(5), 109–116. https://doi.org/10.31149/ajta.v3i5.4198

[8] Sobirov, F. C., & Xazratov, A. N. (2024). IRRIGATSIYA KANALLARIDAGI QIRG’OQ DEFORMATSIYASINI TADQIQ QILISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(10), 349-359.

[9] Khazratov A.N., Sobirov F.Ch; Study of Side Wall Deformation in Irrigation Channels; Miasto Przyszlosci Kielce 2024; Impact Factor: 9.9 ISSN-L: 2544-980X; 715-722-betlar

[10] Brunner, G. W. (2001). HEC-RAS hydraulic reference manual. Davis: US Army Corps of Engineers, Hydrologic Engineering Center.

[11] Brunner, G. W. (2016). HEC-RAS hydraulic reference manual, version 5.0. US Army Corps of Engineers, Hydrologic Engineering Center, Davis, CA.

[12] Brunner, G. W., & Gibson, S. (2005). Sediment transport modeling in HEC RAS. In Impacts of global climate change (pp. 1-12).

[13] G‘ayimnazarov I. X. UDC 532.543: 627.157: Calculation of the parameters of the base rows in a non-stationary flow //Innovatsion texnologiyalar. – 2025. – Т. 59. – №. 3. – С. 62-66.

[14] Гайимназаров, И. Х. (2024). НАТУРНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ПО ОПРЕДЕЛЕНИЮ РАСХОДА НАНОСОВ В УСЛОВИЯХ НЕСТАЦИОНАРНОГО ТЕЧЕНИЯ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 4(4), 317-324.

[15] 6G‘ayimnazarov Israil Xoliqovich, Mamarasulov Sobir Raxmonqulogli, and Toshmurodov Jomurod Jahongirogli. “O‘ZAN TUBI BARQARORLIGINI BAHOLASH USULLARI” Sanoatda raqamli texnologiyalar/Цифровые технологии в промышленности 4.1 (2026): 237-241.

[16] Depeweg, H. and Méndez, N., 2007. A New Approach to Sediment Transport in the Design and Operation of Irrigation Canals: UNESCO-IHE Lecture Note Series. CRC Press.

[17] Yang, C.T., 1996. Sediment transport: theory and practice (Vol. 396). New York: McGraw-Hill.

Creative Commons License

Ushbu asar Creative Commons Attribution 4.0 Xalqaro Litsenziyasi asosida litsenziyalangan.

Mualliflik huquqi (c) 2026 Xazratov A.N., Abduahadov S.A. (Muallif)

Yuklab olishlar

Yuklab olish ma’lumotlari hozircha mavjud emas.