Irrigatsiya va agrotexnologiyalar

Irrigatsiya va agrotexnologiyalar — sug‘orish tizimlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, agrotexnologiyalar va ularning zamonaviy rivojlanish yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy elektron jurnal hisoblanadi. Jurnal irrigatsiya tizimlarini takomillashtirish, suv resurslarini samarali boshqarish, innovatsion agrotexnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlik hamda qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni qo‘llash sohalaridagi ilmiy tadqiqotlar, amaliy ishlanmalar va tahliliy maqolalarni yoritadi.

Mazkur jurnal Qarshi davlat texnika universiteti qoshida tashkil etilgan bo‘lib, Global Science Hub platformasida OJS tizimi asosida faoliyat yuritadi. Jurnal double-blind peer review (ikki tomonlama anonim ekspertiza) tizimi asosida maqolalarni ko‘rib chiqadi, maqolalarga Crossref orqali DOI identifikatori biriktiradi hamda Open Access siyosatini qo‘llaydi.

Jurnal quyidagi ilmiy yo‘nalishlarni qamrab oladi: texnika fanlari (05.00.00), qishloq xo‘jaligi fanlari (06.00.00), iqtisodiyot fanlari (08.00.00), pedagogika fanlari (13.00.00), biologiya fanlari (03.00.00) va geografiya fanlari (11.00.00).

Jurnal doirasida xalqaro konferensiyalar va ilmiy-amaliy anjumanlar materiallari asosida maxsus sonlar chop etilishi rejalashtirilgan.